calendar 09 Aug 10:30
eye 53
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Koronavirusdan tuzalganlardan ham niqob taqib yurish talab etiladi – shtab aʻzosi

image
Jamiyat
Havola olish
13 0 0

O'zbekistonda koronavirusni boshdan kechirganlarga ham karantin qoidalariga rioya qilgan holda niqob taqib yurishlari kerak.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O'zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilish uchun koronavirusdan tuzalganlardan ham niqob taqib yurishi kerak. Bu haqda AOKAdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʻzosi Sevara Ubaydullayeva maʻlum qildi.

Shtab aʻzosiga kasallikni yengil darajada o'tkazgan fuqaro endi ko'chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam bo'ladi degan savol bilan yuzlandi. U shifokorlar davolangandan so'ng kasallikka immunitet hosil bo'lishini aytishganini maʻlum qilgan.

"Kasallanib tuzalgandan so'ng immunitet hosil bo'ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo'yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo'lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin", - dedi Ubaydullayeva.

Shu bois tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming so'm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
37
0
xs.uz

“Mahalla yettiligi” uchun yangi bino topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Mahalla ahli tashabbusi bilan Bagʻdod tumanidagi 'Qashqarmakay' MFYning yangi binosi bunyod etilib, 'mahalla yettiligi' uchun qulay sharoitlar yaratib berildi. Yangi binoda yettita xona mavjud boʻlib, har bir xodim uchun alohida joy ajratildi. Aholi murojaatlarini oʻrganish va ularning muammolariga yechim topish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda mahalladagi 1070 ta oilada 4 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalla nuroniylari va faollari

12 Apr 21:15
 
30
0
xs.uz

Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida'maʼlum qilindi.'Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!' dedi Prezident.Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega