calendar 01 Jul 04:27
eye 1
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fuqarolarga past foizda mashina olib berishni vaʼda qilib, 50 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazgan shaxslar ushlandi

image
Maʼlum boʻlishicha, bir guruh fuqarolar past foizda (6-12%) avtomashina sotib olish niyatidagi fuqarolarga istalgan turdagi avtomashinani yetkazishi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibot orqali Toshkent shahri va respublikaning turli nuqtalarida mijozlar bilan dastlab boʻnak (avans) shartnomalarini tuzgan holda, 120 kun mobaynida avtomashina yetkazilishini vaʼda qilib, shartnoma shartlarini bajarmasdan, fuqarolardan kelib tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanib kelganlar.

Ular 'Umid avto companies', 'Umid Savdo Fayz Invest', 'Umid Avto Lizing', 'Umid Auto', 'Group Of Companies Ual', 'Umid Avto-Tashkent', 'Orient Auto', 'Umid Lizing Tashkent', 'Orient Avto-Lizing', 'Umid Auto Leasing', 'Group Of Orient Auto', 'Imkon Auto Xizmati', 'Umid Avto Companies', 'Busines Orientauto', 'Umid Auto Xizmati', 'Orient Auto Hamkor', 'Imkon Avto Markaz', 'Avtovariant', 'Ava Orientauto', 'Ava Umidavto', 'Avto Ijara Hizmati', 'Umid Auto Business Toshkent', 'Orient Auto Leasing', 'Orient Auto Toshkent', 'Ilgor Lizing' va 'Orient Finans Lizing' kabi MCHJlarni tashkil etib, ushbu faoliyat bilan shugʻullanishgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi 'a,v' bandlari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida 843 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan boʻlib, umumiy 50,1 mlrd. soʻm zarar aniqlangan. Jamiyatlarga tegishli 339 dona transport vositalari xatlangan. Ishga aloqador 9 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, 'qamoq' ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan boʻlib, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida har kuni soat 09:00dan 21:00ga qadar ish olib bormoqda.

'Suratdagi shaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor boʻlgan, shuningdek yuqoridagi MCHJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor shtabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini soʻraymiz', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
40
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
23
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
181
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi