calendar 12 Apr 21:15
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan yangi dolzarb loyiha ishga tushirildi

image
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyoda 600 milliondan ortiq odam (har 10 kishidan bittasi) oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida kasallanadi va 420 ming kishi vafot etadi. Bu nafaqat sogʻliq, balki iqtisodiy yoʻqotishlarga ham olib keladi.

Tez surʼatlar bilan oʻzgarayotgan dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha yangi muammolar bilan birga, uni taʼminlashning yangi imkoniyatlari ham yuzaga kelmoqda. Ushbu murakkab sharoitda barqaror va yuqori samarali oziq-ovqat nazorati tizimlarini joriy etish strategik ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda Oʻzbekiston oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks qonunchilik va institutsional islohotlarni izchil ravishda amalga oshirib kelmoqda.



Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish, isteʼmolchilar salomatligini himoya qilish, muvozanatli va sifatli ovqatlanish imkoniyatlarini taʼminlash hamda xalqaro bozorlarda raqobatdoshlikni oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda 'Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini kuchaytirish va savdosiga koʻmaklashish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari nazorati tizimini baholash' loyihasini amalga oshirish boʻyicha izchil tadbirlarni boshladi.

8-aprel kuni Toshkent shahrida loyihaning kirish seminari va texnik treninglari boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining vakillari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida dalillarga asoslangan koʻp tomonlama yondashuv orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimining samaradorligini tahlil qilish, vakolatli organlar xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati boʻyicha bilimlarini mustahkamlash va Oʻzbekistonda ushbu tizimni strategik rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar koʻzda tutilgan.

'Oziq-ovqat mahsulotlari nazorati tizimini baholash loyihasi mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish yoʻlida muhim qadamdir, ' deydi FAOning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Sherzod Umarov. ' Ushbu loyiha xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatishning samarali usullarini aniqlashga hamda xalqaro standartlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Bu nafaqat aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi, balki Oʻzbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi mavqeini ham mustahkamlaydi'.



Xavfsiz boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli katta iqtisodiy yoʻqotishlarga olib keladi. Bundan tashqari, bunday mahsulotlar eksport imkoniyatlarini cheklab, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Iqlim oʻzgarishi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlarining globallashuvi hamda ishlab chiqarish va tarqatish zanjirlarining murakkablashuvi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq tahdidlarni ham kuchaytiradi.

FAOning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va isteʼmolchilarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisi Meri Kenni Oʻzbekiston hukumatini soʻnggi yutuqlar hamda parlamentda yangi Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun muhokamalarining ilgari surilayotgani bilan tabriklab, quyidagilarni taʼkidladi: 'Oziq-ovqat nazorati tizimini chuqur tahlil qilish va amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi talab va choralarining ilmiy hamda xavfga asoslangan yondashuvlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Tizimda ishtirok etuvchi har bir vakolatli organning roli va masʼuliyati aniq belgilanishi, davlat idoralari, xususiy sektor, ilmiy muassasalar va akademik doiralar oʻrtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi'.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini baholash yakunlari asosida Oʻzbekiston uchun milliy oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasi va harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjatlar mamlakatda zamonaviy va barqaror oziq-ovqat nazorati tizimini shakllantirishga asos boʻlib xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining sogʻligʻi va farovonligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda ishonchli hamkor sifatida Oʻzbekistonning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Mar 16:12
 
48
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 7-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 17,99 soʻmga oshib, 12 918,36 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 132,95 soʻmga koʻtarilib, 13 951,83 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,85 soʻmga oshdi va 144,65 soʻmni tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
27
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н

20 Mar 12:50
 
37
0
postda.uz

QUTURISH KASALLIGIGA QARSHI

Viloyat IIB JXX JTSB Karantin guruhi hamda veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Peshku tumanida maxsus-taktik o‘quv mashg’uloti o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg’uloti quturish kasalligiga qarshi kurashda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.Shuningdek, mutaxassislar tomonidan quturish kasalligining old

20 Mar 12:54
 
46
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.