calendar 22 Mar 08:55
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Husanovning transfer narxi 35 million yevroga koʻtarildi – Transfermarkt

image
Bugun, 18-mart kuni, Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning 'Manchester Siti' klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 million yevrodan 35 million yevroga koʻtarildi.



Soʻnggi bir yil davomida Abduqodir Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 million yevroga, oktyabr oyida esa 5 million yevroga, dekabr oyiga kelib 12 million yevrogacha koʻtarilgan edi.

Qayd etish joiz, Husanov bu borada 'Manchester Siti'ning eng qimmat markaziy himoyachilari orasida Ruben Diashdan keyin, ikkinchi pogʻonada qayd etilgan. Portal maʼlumotlariga koʻra, Diashning bahosi 70 million yevroni tashkil qilgan.

Undan keyingi oʻrinlarda 32 million yevro narx bilan Natan Ake hamda Manuel Akanji uchinchi oʻrinni boʻlishib turgan boʻlsa, 30 million yevro bilan Jon Stounz toʻrtinchi pogʻonadan joy olgan.

Taʼkidlash kerakki, Husanovning yangilangan transfer bahosi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo futboli uchun yangi rekord miqdor hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
328
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat

13 May 14:39
 
110
0
xs.uz

Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!

Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.

17 May 21:48
 
17
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo