calendar 20 Mar 12:54
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.

Maʼlumot uchun, Kamolat Mirzaliyeva 1979-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy ' Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Mirzaliyeva korporativ boshqaruv boʻyicha katta tajribaga ega, hozirgi kunda u 'AARON ACADEMY KIDS' ixtisoslashtirilgan maktabi, shuningdek 'CHILLA UYI' tiklanish va reabilitatsiya markazi rahbari hamda taʼsischisi hisoblanadi. U 2018-yilda 'Mehnat shuhrati' ordeni bilan taqdirlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
63
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

04 Apr 16:19
 
65
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

31 May 08:50
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi “qulamoqda”

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'62,87 soʻmga'tushdi va'12 768,26 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'142,76 soʻmga'pastladi va'14 400,04 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,56 soʻmga'tushib,'162,63 soʻmni'tashkil etdi.

12 Apr 21:15
 
46
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun