Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesiga oid muammolarni oʻrganish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur qarorga asosan, 2025-yil 1-iyulgacha 'Tadbirkor ayollar' platformasi ishga tushadi. Ushbu platforma ayollarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda bir qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, xomashyo sotib olishga koʻmaklashish, mahsulotlarni bozorga olib chiqish, kooperatsiya imkoniyatlarini kengaytirish, zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish hamda loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topishga koʻmaklashish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab 'Hamkor tadbirkor' dasturi ham taqdim etilishi koʼzda tutilmoqda. Bu dastur orqali oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan ayollarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beriladi.
Shuningdek, kooperatsiya asosida ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahalliy va xalqaro elektron platformalarda mahsulotlarini joylashtirish va sotish boʻyicha imkoniyatlar yaratiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-avgustga qadar ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasi tasdiqlanishi belgilangan. Ushbu strategiya orqali tadbirkor ayollarga moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi va kredit olish shartlari yaxshilanadi.
Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga
Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida'maʼlum qilindi.'Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!' dedi Prezident.Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
Farmonga ko'ra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o'qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:' ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to'laydi;' tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat'i nazar aylanmadan olinadigan
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani