calendar 20 Mar 12:54
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

image
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n

17 May 21:46
 
28
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

21 Apr 08:34
 
66
0
xs.uz

Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika