Millat qayg‘usi
Millatning ma’naviy boyligi bo‘lgan til nafaqat muomala vositasi, balki uning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Boshqa millatlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishga, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Ona tilning saqlanib qolishi uchun qayg‘urish millat kelajagi uchun qayg‘urish, demakdir.
Afsuski, bugungi kunda ona tilimizning qadrini tushirayotgan, uni buzib, sheva va lahjalarni o‘rinsiz qo‘llayotganlar ham yo‘q emas. Bozorlardagi, ko‘chalardagi, do‘kon peshtaxtalaridagi, reklama afishalaridagi yozuvlarda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar, hatto ayrim xususiy OAV va nashriyotlarda tilimizni buzib, savodsizlarcha yozilayotgan iboralarni ko‘rib, millat sha’nini, tilimiz istiqbolini o‘ylab, ko‘nglingiz ranjiydi.
Aziz millatdosh, ona tilimiz obro‘si shu yo‘sinda tushib ketaversa, uni qay ahvolda kelajagimiz egalari qo‘liga topshiramiz? Ayting-chi, chet tillardan kirib kelayotgan so‘zlarni shundayligicha qabul qilishimiz kerakmi yoki qo‘lni qo‘lga berib millatning iqboli uchun kurashmog‘imiz afzalmi?
Tilni saqlab qolish millatning madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusumlarini saqlab qolishni anglatadi. Chunki millat taqdiri uning tili taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Shunday ekan, jonajon tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish, uni taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shish haqida har birimiz qayg‘urishimiz kerak. Buning uchun, avvalo, tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.
Yaqinda xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari jamoatchilikka taklif etilayotganligi haqida xabarni o‘qib, to‘g‘risi xursand bo‘ldim. Atamalar komissiyasining ishchi kengashi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan bir qancha muqobillar ko‘rib chiqilgan. Bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.
Aytish joiz, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlariga monand nomlar qo‘yilmoqda. Ular «Davlat tili haqida»gi qonun talablariga to‘la javob beradi. Ammo «Evos», «Chicken», «Miss Sanam», «Elegant», «Eldorado» singari nomlar ustida jiddiy o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Axir har qanday nom qo‘yishda andazalar, talablar inobatga olinishi kerak-ku?! Zero, nom qo‘yishda milliylik, qisqalik, aniqlik, tushunarlilik tamoyillariga rioya qilish zarur. Aksincha, xorijga taqlid, ko‘r-ko‘ronalik nusxa olish juda ayanchlidir.
Yaqinda ko‘p qavatli uylardan birining birinchi qavatidagi peshlavhani ko‘rib yoqamni ushladim. Unda rus tilidagi «Берегите вашу мать, природу!», chaqirig‘i o‘z tilimizga «Tabiatni asra, onangni!» deb o‘girilganiga nima deysiz?! Ekologiyani asrashga da’vatmi bu yoki so‘kinishmi...
O‘zbek tili dunyodagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan buyuk tillardan biridir. Shunday ekan, tilimizning sofligi, tabiiyligi uchun kurashish, uning buloqdek musaffoligini, o‘ziga xos tarovatini saqlab qolish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Nargiza FAYZIYEVA,
o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
Jinlar bazmi
10-aprel ' Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun(hikoya)Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qoʻrquv oʻrab olar edi-da, ichimdan: 'Meni ham shunday jinlarga yoʻliqtirma', deb tangriga yolborib qoʻyar edim.Kecha xolam bizning uyga mehmon boʻlib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib oʻltirar va oʻtgan-ketgandan soʻzlashar edilar. Soʻz aylanib kelib yana oʻsha jinlar, parilar, devlar toʻgʻrisida toʻxtadi. Otam boʻlsa oʻzi koʻrgan 'j
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
HAMISHA BOR BO‘L, ONA TILIM!
Millat qayg‘usiMillatning ma’naviy boyligi bo‘lgan til nafaqat muomala vositasi, balki uning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Boshqa millatlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishga, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Ona tilning saqlanib qolishi uchun qayg‘urish millat kelajagi uchun qayg‘urish, demakdir. Afsuski, bugungi kunda ona tilimizning qadrini tushirayotgan, uni buzib, sheva va lahjalarni o‘rinsiz qo‘llayotganlar ham yo‘q emas. Bo
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – HARBIY MAHORAT SOHIBI
Milliy davlatchiligimiz vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi, xotirasida mustahkamlash va imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh-avlodga yetkazish, ularning dunyoqarashlari, qalblarida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang san’ati sirlarini o‘rgan