calendar 09 Mar 06:33
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ikkita muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonalari belgilandi

image
Ekologiya vazirligi tasarrufidagi 'Chotqol' davlat biosfera qoʻriqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda 'Oqtogʻ-Tomdi' davlat qoʻriqxonasiga tutash 28 500 gektar hududda ularning qoʻriqlanma zonalari belgilandi, deb'xabar bermoqda'vazirlik matbuot xizmati.

Bildirilishicha, bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan.

Qarorga koʻra, Namangan viloyatidagi Pop ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi (766,53 gektar), Toshkent viloyatidagi Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi (8101,85 gektar), Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi (23 991,51 gektar) hududlari 'Chotqol' davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasiga kiritildi.

'Oqtogʻ-Tomdi' davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi esa Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi (6200 gektar) va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (22 300 gektar) hududidan iborat boʻldi.

Taʼkidlanishicha, bu qaror davlat qoʻriqxonalari hududidagi tabiiy majmualarga xoʻjalik faoliyati salbiy taʼsirining oldini olish, noyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonlar turlarini saqlab qolish hamda koʻpaytirish, bioxilma-xillikni asrashga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
42
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

17 May 21:46
 
34
0
xs.uz

Shoirning ayoli boʻlish sharaf

Har buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdek shoirning jahon boʻylab obroʻ eʼtibor qozonishida uning ishonchli sirdoshi, eng mustahkam suyanchigʻi boʻlgan rafiqasi, mehnat faxriysi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyevaning xizmatlari beqiyos. Shoir sheʼrlarining birinchi tinglovchisi ham, qaygʻuli va quvonchli kunlarining yelkadoshi ham Xanifa aya boʻladi.Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga ko

16 Apr 15:12
 
71
0
xs.uz

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabr

08 Jun 02:26
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir