calendar 06 Mar 16:13
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi

image
Qadrli vatandoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo'min-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi bo'lgan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug' ayyomda mana shunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

Hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik mohiyatiga uyg'un bo'lgan''Inson qadri uchun, inson baxti uchun''degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotganini ko'plab misollarda ko'rish mumkin.

Jumladan, ijtimoiy himoya tizimi samarasini yuksaltirish, bemorlar, nogironligi bo'lgan, keksa va yordamga muhtoj insonlarni, yoshlar va xotin-qizlarni, chet ellardagi fuqarolarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod qilishga qaratilgan sa'y-harakatlar tobora kengayib borayotganini ta'kidlash lozim.

Bu borada boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, yurtimizdagi tinch va farovon hayotni, millatlar va dinlararo hamjihatlik muhitini ko'z qorachig'idek asrab-avaylash bundan buyon ham doimo e'tiborimiz markazida bo'ladi.

Pok niyatlar ijobat bo'ladigan ushbu qutlug' oyda jahonning turli mintaqalaridagi urush-janjallar, nizo va adovatlar barham topib, butun dunyoda tinchlik, o'zaro hurmat, bag'rikenglik va hamkorlik barqaror bo'lishini chin dildan so'rab, duolar qilamiz.

Yer yuzidagi barcha mo'min-musulmon birodarlarimizni, do'st va hamkorlarimizni Ramazon oyining boshlanishi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Aziz vatandoshlar!

Ramazoni sharifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o'z dargohida qabul etsin!

Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro'yobga chiqsin!

Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin!

Shavkat Mirziyoyev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
298
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

17 May 21:48
 
370
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

17 May 21:48
 
325
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

13 May 14:39
 
417
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini