calendar 06 Mar 16:11
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4-yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi

image
Global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan 'Ookla' tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.

Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 'MWC Barcelona ' 2025' Jahon mobil kongressi doirasida 'Ookla' tashkiloti prezidenti va bosh direktori Stiven Be, Strategiya boʻyicha bosh direktor Chip Strenj hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalari boʻyicha savdo direktori Viktor Zeng bilan uchrashdi.

Ushbu muloqot jarayonida internet infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda sifat monitoringini kuchaytirish boʻyicha fikr va takliflar almashilgan.

Uchrashuv davomida 'Ookla' tashkiloti vakillari Speedtest Global Index natijalariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston 133 oʻrinni egallagani, 2025-yil yanvar holatiga koʻra mamlakat ushbu reytingda 68 oʻringa koʻtarilgani, shu tariqa Oʻzbekiston 2020-yildan beri 65 pogʻonaga yuqorilaganini taʼkidlagan.

'Muloqot davomida hududlarda 5G texnologiyalari jarayonlarini jadallashtirish, mobil aloqa operatorlari uchun innovatsion texnologik yechimlarni sinovdan oʻtkazish va ularning xalqaro tajribaga asoslangan holda rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham koʻrib chiqilgan', ' deyiladi''OʻzA' xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
34
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

15 Jun 10:46
 
69
0
xs.uz

Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid

08 Jun 02:26
 
11
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j

17 May 21:46
 
53
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy