Mamlakatimizda yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishiga alohida eʼtibor qaratilayotgani tufayli men rus, ingliz, yapon va nemis tillarida mukammal soʻzlashadigan darajaga yetdim. Xalqaro miqyosdagi bellashuvlar, musobaqalar va tanlovlarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladim. Xususan, Niderlandiyaning Gaaga shahrida oʻtkazilgan 'IBA International Criminal Court Moot Court Competition 2024' musobaqasida xalqaro sertifikat bilan taqdirlandim.
Yaponiyaning Nagoya universitetida 2024-yil bahorgi semestrda oʻqish uchun eʼlon qilingan tanlovda grantni qoʻlga kiritib, tahsil olishni muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatga ega boʻldim.
Germaniyaning Regensburg universitetida 2024-yil kuzgi semestrda oʻqish uchun oʻtkazilgan tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari orasidan gʻolib chiqib, toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindim. Shuningdek, Berlin shahridagi Buyuk Britaniyaning konsulligida International English Language Testing System (IELTS) xalqaro imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 8.0 (C1) darajali IELTS xalqaro sertifikatni ham qoʻlga kiritdim.
AQSHning dunyo reytingida kuchli 100 talikdan joy olgan PennState Dickinson Law universitetiga 2025/2026 oʻquv yiliga magistraturada tahsil olishga eʼlon qilingan xalqaro tanlovda ishtirok etdim. Undan 45 ming dollarlik grant yutib olib, universitetga oʻqishga qabul qilindim. Shu kabi AQSHning dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy olgan Cornell, Berkeley va Boston universitetlariga magistratura bosqichiga qabul qilindim.
Hali oldindagi maqsadlarim ulkan. Orzum qaysi davlatda tahsil olishimdan qatʼi nazar, bilim va koʻnikmalarimni oʻz yurtimda safarbar etish, ona Vatanim ravnaqi yoʻlida xizmat qilishdir. Shu maqsadda 2023-yilning yoz oylarida Termiz shahridagi 'Bogʻzor' mahallasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy bilimlarini oshirishga hissa qoʻshish uchun 'Huquqiy madaniyat' toʻgaragini tashkil etdim.
Bu yil Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bir guruh iqtidorli qizlar qatorida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib koʻrilganim erishgan yutuqlarimning eng aʼlosi boʻldi. Zero, xalqimizning ardoqli shoirasi nomidagi Davlat mukofoti biz uchun betakror ragʻbat, katta imkoniyatlar eshigidir.
Gulruxsorabegim ABDUSAIDOVA,
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.
(Surxondaryo viloyati)
“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav
Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari Gʻalabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi
Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal