calendar 28 Feb 01:19
eye 181
comments 0
comments Manba: xs.uz

Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov bugun Ispaniyada prof boksdagi ikkinchi jangini oʻtkazadi

image
Bugun, 25-fevral kuni, Ispaniyaning Sevilya shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu musobaqa 'Centro Deportivo San Pablo' sport majmuasida oʻtkazilib, bir qator mashhur bokschilar ringga chiqadi.

Mazkur turnir oʻzbekistonlik muxlislar uchun ham ahamiyatli, chunki roʻyxatdan Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang ham oʻrin olgan. 'Parij-2024' Olimpiadasi chempioni hisoblangan bokschimiz professional ringdagi ikkinchi jangida venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi jang qiladi. Mazkur bahs 6 raund etib belgilangan. Bokschilar kecha rasmiy tarozidan oʻtish marosimida qatnashib, belgilangan vazn meʼyoriga mos kelgandi.

Akunya professional boksda 25 ta jang oʻtkazgan, shundan 13 ta gʻalaba, 11 ta magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Abdumalik Xalokov esa prof boksdagi ilk jangida, 2023-yilning 17-noyabr kuni Toshkentda ukrainalik Oleksandr Yegorovga qarshi ringga chiqqan va ikkinchi raundda nokaut evaziga gʻalaba qozongandi.

Bugungi jang Xalokov uchun professional boksda oʻzini yana bir bor namoyon qilish imkoniyati boʻladi. Oʻzbekistonlik muxlislar bokschimizdan yana bir yirik gʻalabani kutishmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
34
0
xs.uz

“Lion” klubi “Liga 2”ga “badargʻa” qilindi

Fransiyaning 'Lion' klubi moliyaviy muammolar tufayli rasman 'Liga 2'ga tushirilgani eʼlon qilindi. Klub moliyaviy holatini nazorat qiluvchi DNGC tashkiloti vakillari joriy yilning noyabr oyida klubga vaqtinchalik tushirish jazosi tayinlagan edi. Biroq 18-iyun kuni klub rahbariyati, jumladan, asosiy aksiyador Jon Tekstor moliyaviy ahvol yaxshilanganini isbotlay olmagan.Eslatib oʻtamiz, Tekstorga tegishli 'Eagle Football Group' kompaniyasi 'Lion' klubining 77 foiz ulushiga egalik qiladi. Oʻtga

01 Jul 04:29
 
36
0
xs.uz

Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempioni boʻldi

Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion ' gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtarildi.Rossiya vakili Islom Maxachev vakant qilib qoldirgan titul uchun kechgan jang 5 raundga moʻljallangan edi, biroq Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi. U shu tariqa yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.

18 Jun 21:56
 
232
0
xs.uz

Oʻzbekiston Superligasidagi eng qimmat futbolchi kim?

Oʻzbekiston Superligasida toʻp surayotgan futbolchilarning transfer qiymatlari yangilandi. 'Transfermarkt' portalining soʻnggi baholashiga koʻra, bir qator futbolchilarning narxi sezilarli darajada oshgan, ayrimlariniki esa keskin pasaygan. Jumladan, tajribali hujumchi Igor Sergeyevning transfer narxi 200 ming yevroga koʻtarilib, 1 million yevroga yetdi. U 'Paxtakor'ga qaytgach, 12 oʻyinda 10 gol va 2 assistga mualliflik qilib, yuqori saviyadagi formasini isbotladi.Hozirda Oʻzbekiston che

17 May 21:48
 
597
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d