“85 foiz aniqlik, 4-marta raqibning xavfli hujumini barbod qilish” yoxud Husanov Gvardiolani hayron qoldirishda davom etmoqda

Ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Abduqodir Husanov ishonchli oʻyin koʻrsatib, yakunda 7,4 ballga loyiq koʻrildi. Mazkur oʻyindagi eng yuqori ballni 'Man Siti' darvozaboni Ederson qoʻlga kiritib, uchrashuv davomidagi harakatlari uchun 8,8 ballga ega chiqqan.
'Shaharliklar' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Tottenhem' ustidan safarda qoʻlga kiritilgan ushbu gʻalabadan soʻng Abduqodir Husanovning harakatlari haqida fikr bildirdi.
'Husanov faqat futbol haqida oʻylaydi. 'Tottenhem'ga qarshi oʻyin uchun u Londonga hech narsasiz keldi, hattoki tish shetkasini ham olib kelmadi. Unda ortiqcha buyumni koʻrmaysiz. Husanov faqat futbol oʻynashni istadi', ' deydi mutaxassis.
Husanov mazkur bahs davomida 56-marta toʻpga teginishni amalga oshirib, 41 ta aniq pas bera oldi. Umumiy uzatmalar aniqligi 85 foizni tashkil etgan. Oldingi chiziqqa 6 ta uzun pas hamda 4 bor raqibdan toʻpni olib qoʻyishni uddaladi. Bundan tashqari, 4-marta raqibning xavfli hujumini toʻxtatishga muvaffaq boʻldi.
'Husanov jamoadagi debyut oʻyinida 'Chelsi'ga qarshi bahsda yoʻl qoʻygan xatosidan soʻng tiklanib olishi oson emasdi, shunga qaramay u ishlashda davom etmoqda. U juda tez, toʻp uzatishlari ham mukammal. Men koʻplab tezkor oʻyinchilarni koʻrganman, Husanov ulardan biri. U mehnatkash, ishlashdan toʻxtamaydi. Muxlislarimiz ham uni yaxshi koʻrishadi', ' deb qoʻshimcha qiladi Gvardiola.
Shu tariqa, 'Manchester Siti' klubi APL tirnir jadvalida 47 ochko jamgʻargan holda 4-oʻringa koʻtarilib oldi. Qayd etish joiz, Husanov ketma-ket uch oʻyindan buyon asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa harakat qilmoqda.
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter