calendar 28 Feb 01:19
eye 230
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi

image
Toshkent shahri markazida joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabi hududida dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 'Dzyudo sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 286-sonli qaror hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida barpo etildi.



Sport zali 'Bolalar uchun dzyudo' dasturi doirasida qurilgan boʻlib, mamlakatda dzyudo sportini ommalashtirishga qaratilgan 16-inshoot hisoblanadi. 40x26 metr oʻlchamdagi zamonaviy zalda 4 ta tatami gilami, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida kiyinish xonalari, murabbiylar xonasi va dzyudo sport klubining ofisi joylashgan. Zalda kuniga 500 nafargacha sportchi shugʻullanishi mumkin.

Yangi sport zali bolalar va yoshlar orasida dzyudo sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda yosh avlodni sportga keng jalb etishga xizmat qiladi.























































Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

17 May 21:48
 
65
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d