calendar 28 Feb 01:19
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gʻarb Trampning Yevropani vayron qilishidan qoʻrqmoqda

image


AQSH prezidenti Donald Tramp tashqi siyosati bilan Yevropani vayron qiladi. Bu haqda 'The New York Times' xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspertlarga tayanib yozmoqda.

'Tramp Ukrainadan boshlab Yevropani yoʻq qilish niyatida ekanligiga shubha yoʻq. Oʻta oʻngchilarning kuchayishi Yevropa Ittifoqini yoʻq qilish maqsadiga erishishda muhim rol oʻynaydi', deydi Italiyaning 'Istituto Affari Internazionali' tahlil markazi direktori Natali Tocci.

Ekspertning fikricha, Trampning intilishlariga sabab, u Yevropani AQSH uchun 'nafaqat raqobatchi, balki iqtisodiy va hatto mafkuraviy tahdid' sifatida ham koʻradi.

Oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlariga oʻz talablari bilan 'uyda oʻtirishni' va 'bu darajaga qanday etib kelgani' haqida oʻylashni taklif qilgandi. Bundan tashqari, Rossiya yetakchisining taʼkidlashicha, Tramp mojarolarni hal qilishda Yevropa yetakchilariga qaraganda koʻproq taʼsir koʻrsata oladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
75
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

21 Apr 08:34
 
775
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

16 Apr 15:12
 
71
0
xs.uz

AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi

Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O

15 Apr 07:06
 
56
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo