Toshkentda bugʻdoy zang kasalligiga qarshi kurash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Ushbu tadbirda hukumat vakillari, tadqiqotchilar, naslchilik va urugʻchilik mutaxassislari hamda qishloq xoʻjaligi sohasidagi asosiy manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Seminar bugʻdoy zang kasalliklarini samarali boshqarish uchun milliy salohiyatni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida oʻtkazildi.
Bugʻdoy zang kasalligi Oʻrta Osiyo va Kavkaz mintaqasida transchegaraviy tahdid hisoblanadi. Ushbu patogen havo orqali tez tarqalib, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi barqarorligiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Bu muammoni hal etish maqsadida FAO 'CAC-Rust' loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyada bugʻdoy zangiga qarshi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Seminarni FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrinbosari Sherzod Umarov, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi Abdulla Mansurov ochib berdi.
Tadbir davomida bugʻdoy zang kasalligiga qarshi kurashda zangga chidamli navlarni yaratish, monitoring tizimlarini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha xalqaro va milliy tajribalar taqdim etildi.
Shuningdek, seleksiya usullari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, bugʻdoyning zangga chidamli navlarini ishlab chiqarishda ilgʻor usullar namoyish etildi.
Mazkur seminar Oʻzbekistonda bugʻdoy zang kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasini ishlab chiqish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda 'Vision Invest' va 'Riyadh Cables' kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.Saudiyaning 'ACWA Power' va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. 'Yashil' energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga
Soʻmning dollarga nisbatan qadri ketma-ket beshinchi kun ortdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,81 soʻmga tushdi va 12 646,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 8,99 soʻmga pasaydi va 14 461,34 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,35 soʻmga tushib, 160,88 soʻmni tashkil etdi.
Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi
Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar
Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.