calendar 28 Feb 01:18
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bolalar bogʻchalaridagi holatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga senator soʻrovi yuborildi

image
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish hamda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini oshirish maqsadida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati qoʻllab-quvvatlanib, ularga qator imtiyozlar berildi.

Natijada bugungi kunda respublika boʻyicha jami 38 058 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, shundan 31 139 tasini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etadi. Hozirda ushbu nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan 946 540 nafar bola qamrab olingan.

Sohada erishilayotgan ijobiy natijalarga qaramasdan, ayrim muammolarning yuzaga kelayotganligi hammamizni birdek tashvishga solmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi, 78-moddasida bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilangan.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar orqali ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari sodir etilayotganini koʻrishimiz mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi B.Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga senator soʻrovi yubordi.

Soʻrovda qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ayrim nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari sodir etilmoqda.

Xususan, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 'Tanzilandiya' nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyachilari tomonidan ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilariga nisbatan zoʻravonlik harakatlari sodir etilganligi, Yunusobod tumanidagi 'First Daycare' nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyachi yordamchisining bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qoʻyganligi aniqlandi.

Bu kabi salbiy holatlarning soʻnggi vaqtlarda koʻpayishi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shu jumladan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga koʻrsatilayotgan taʼlim va tarbiya xizmatlari hamda ularga yaratilgan sharoitlarni monitoring qilish qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilganligini koʻrsatmoqda.

Hozirda respublika boʻyicha 31 139 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 6 919 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatayotganligini inobatga oladigan boʻlsak, yuqoridagi kabi noxush holatlarning yuz bermayotganligiga hech kim kafolat bermaydi.

Senator vazirdan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shu jumladan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik holatlarining sabablari va ularning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tushuntirish berishni soʻradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini

08 Jun 02:26
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

13 May 14:37
 
54
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

13 Jun 00:36
 
20
0
xs.uz

Taʼlim-tarbiyada tanaffus yoʻq

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi yozgi taʼtil kunlarida ham oʻquvchilarning bilim olishlari va jismoniy chiniqishlari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ayni loyiha ijrosi doirasida 42 ta umumtaʼlim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarga 5200 nafardan ziyod oʻquvchi jalb qilinishi moʻljallangan. 'Barkamol avlod' bolalar maktabining 168 ta tarmoq