Prezident raisligida sud faoliyatini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Bular aholi va tadbirkorlarning masalalarini hal etib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilayapti. O'tgan yili sudlarda 3 milliondan ortiq masala ko'rib chiqildi. Bu ' aholining huquqiy ongi oshib borayotganidan dalolat.
Hozirgi kunda sudga ariza berish, sud ishining holatini kuzatish, sud hujjatlaridan elektron nusxa olish kabi 14 ta xizmat raqamlashgan. Oliy sudning my.sud.uz portalida xizmatlar va undan foydalanuvchilar soni ko'payib bormoqda. Shu paytgacha 17 millionga yaqin sud ishi axborot tizimlari orqali yuritilgan, 15,5 millionta ish sudyalarga inson omilisiz taqsimlangan.
2024-yil 1-noyabrdan boshlab, sudlarning ichki hujjatlar aylanmasi to'liq elektron shaklga o'tkazildi. Natijada qisqa davrda davlat byudjetidan 638 million so'mlik xarajatlar iqtisod qilindi.
Endi buni izchil davom ettirish, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish kerak. Xususan, sud muhokamasining taxminiy natijasi va ketadigan xarajatlarni oldindan aniqlab berish, huquqiy yordam bo'yicha virtual maslahatchini yaratish, tayinlangan jarimalarni onlayn kuzatish va elektron shaklda to'lash kabi imkoniyatlar odamlarga katta qulaylik yaratadi. Bugun rivojlanayotgan sun'iy intellektdan foydalanib, bu kabi ko'plab yangiliklarni joriy etish mumkin.
Shu bois yig'ilishda sud faoliyatini raqamlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Taqdimotga ko'ra, sud ishlarini yuritishda qog'oz shaklidan butunlay voz kechish maqsadida 'Raqamli sud' konsepsiyasi amalga oshiriladi. Buning uchun Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. U sudlarga zarur bo'lgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar yaratish, sun'iy intellektni joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanadi. Tadbirkorlik subyektlari bilan sudlar o'rtasida elektron ma'lumot almashish yo'lga qo'yiladi. Ishlarni ko'rib chiqish tezkorligi oshadi.
Davlatimiz rahbari buning uchun sudlar va barcha aloqador tashkilotlarning axborot tizimlari integratsiyasi muhimligini, qulayliklarni odamlar sezishi kerakligini ta'kidladi.
Bu ishlarni kengaytirish, huquq-tartibot idoralari ma'lumotlarini sudlar bilan samarali bog'lash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Har yili sudlarda 1 millionga yaqin nizosiz ishlar ham ko'rilayapti. Masalan, o'tgan yili fuqarolik sudlarida kommunal qarzdorlik bo'yicha 200 mingga yaqin shunday ish ko'rilgan. Aslida buni notariusda ham hal qilsa bo'ladi. Shu nuqtai nazardan, nizosiz ishlarni ko'rib chiqishni tegishli idoralarga o'tkazish taklifi bildirildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga ko'ra, Oliy sudga qonunchilik tashabbusi vakolati berilgan. Shunga asosan, tadbirkorlik, investitsiya, infratuzilma, yer, soliq, kredit, mehnat munosabatlari kabi eng ko'p uchrayotgan masalalarni tahlil qilib, har oyda hukumatga, har chorakda parlamentga taklif kiritib borish muhimligi ta'kidlandi.
Sohaga oid qonunlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sudni yanada xalqchil qilish, tizimni moliyalashtirish bo'yicha qonunlar zarurati qayd etildi.
Iqtisodiy sud tizimini isloh qilish, bu borada yagona sud amaliyotini yo'lga qo'yish masalasiga to'xtalib o'tildi.
Sud binolarini ko'paytirish, odamlar uchun zarur sharoit yaratish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Sudyalar malakasini, jumladan, axborot texnologiyalari bo'yicha bilimini oshirish, yosh kadrlarni shu jihatlardan yetuk etib tayyorlash zarurligi ta'kidlandi.
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi
'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy
CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli
Urgut tumani sudining raisi avtohalokat oqibatida vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani'toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.Bildirilishicha, 2025-yil 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 kilometrida 'Kamaz- 53212' rusumli yuk
31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi
'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat