Gvardiola “Liverpul”ga qarshi oʻyindan soʻng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

'Manchester Siti' bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer Ligasining 26-turida 'Liverpul'ga qarshi oʻyindan soʻng yangi futbolchilarning oʻyini va jarohat olgan hujumchi Erling Holandning yoʻqligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 'Liverpul'ga qarshi bahsda 'Manchester Siti' 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Ispaniyalik mutaxassis oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning oʻyinini yuqori baholadi. 'Husanov qanday oʻynadi? U Madridda ham juda yaxshi oʻynadi, u oʻng qanot himoyachisi sifatida Vinini nazorat qildi. Bugun ham xuddi shunday tezkor va intizomli oʻyin koʻrsatdi. Albatta, u hali oʻsishi kerak, lekin juda katta salohiyatga ega', ' deya taʼkidladi murabbiy.
Shuningdek, u Niko Gonsales va Marmushning ham harakatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. 'Niko va Marmush ham yaxshi oʻynashdi, lekin jismonan kuchli jamoaga qarshi oʻynash ularga oson boʻlmadi', ' deya qoʻshimcha qildi u.
Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Marmush qishki transfer oynasida 'Manchester Siti' tarkibiga qoʻshildi. 'Manchester Siti'ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand esa jarohati sabab 'Liverpul'ga qarshi oʻyinda ishtirok eta olmadi.
Gvardiola Erling Holandning jarohati haqida gapirar ekan, uning qachon safga qaytishi aniq emasligini aytdi. 'Holand chorshanba kuni qaytadimi? Bilmayman. Biz natijaga erisha olmaganimizni faqat uning yoʻqligi bilan bogʻlash notoʻgʻri boʻlardi. Bu boshqa futbolchilarga nisbatan adolatsizlik boʻladi. Biz koʻproq gol ura olardik... Umuman olganda, hammasi yaxshi', ' dedi Gvardiola.
Mahmud Murodov Pragadagi turnirda Patrik Kinslni magʻlub etdi
Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan 'Oktagon 72' turnirida aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha navbatdagi yirik musobaqa boʻlib oʻtdi. Turnir doirasida oʻzbekistonlik mashhur jangchi Mahmud Murodov asosiy janglardan biri ' 'co-main event' doirasida oktagonga koʻtarildi. U mezbon jangchi Patrik Kinslga qarshi oʻrta vazn toifasida kuch sinashdi. Ushbu bahs 'Oktagon' promoushenining vaqtinchalik chempionlik kamarini qoʻlga kiritish uchun muhim ahamiyatga ega edi.Jang toʻliq besh raund d
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d