calendar 26 Feb 17:06
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Chernogoriyada 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Jahon chempionati boshlandi

image
Chernogoriyaning Petrovas shahrida 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Jahon chempionati start oldi. Standart yoʻnalishda oʻtadigan musobaqa 11 turdan iborat boʻlib, ishtirokchilarga partiya davomida 90 daqiqa vaqt va har bir yurishdan soʻng 30 soniya qoʻshimcha vaqt beriladi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasidan 11 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi 1-turda grossmeyster Muhiddin Madaminov oq donalarda oʻynaganiga qaramay, reytingda oʻzidan pastda turuvchi hindistonlik Vedant Nagarkatt bilan durangga imzo chekdi. Muhammadzohid Suyarov esa qora donalarda ispaniyalik Roberto Florinni magʻlubiyatga uchratdi. Shuningdek, Asrorjon Omonov va Miraziz Matyoqubov ham musobaqani gʻalaba bilan boshlashdi.

Qizlar oʻrtasidagi bahslarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli start oldi. Yoshlar oʻrtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda serbiyalik Irina Vuyatovichni magʻlub etdi. Guldona Karimova chernogoriyalik Mateya Popovich ustidan gʻalabaga erishdi, Umida Omonova esa moldovalik Ana Petrisenkoni yengdi.

Maʼlumot uchun, ushbu jahon chempionati gʻoliblari grossmeyster unvonini qoʻlga kiritadi. Oʻzbekistonlik shaxmatchilarning musobaqadagi ishtiroklari mamlakatimizda shaxmat rivoji va yosh avlodning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
155
0
xs.uz

Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...

Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi

13 Jun 00:40
 
31
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

13 Jun 00:40
 
84
0
xs.uz

“Salom, mundial!”: JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyini, Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvining yorqin lahzalaridan fotoreportaj

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyinida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Toʻliq hamyurtlarimiz ustunligida oʻtgan mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz Qatar terma jamoasi darvozasiga javobsiz uchta gol kiritishga muvaffaq boʻlishdi.'Xalq soʻzi' muxbiri uchrashuvning yorqin lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.JCH-2026 saralash bahslarining soʻnggi turidan oʻrin olgan mazkur ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyin yakunla

31 May 08:50
 
106
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo