“Qashqadaryoda goʻsht, Xorazmda baliq, Samarqandda uzum”: qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyatlar yetakchi?

Fargʻona viloyati donli ekinlar yetishtirish boʻyicha mamlakatda peshqadamlik qildi. Bu hududda 998,5 ming tonna donli ekinlar yetishtirilib, mamlakat ehtiyojini qondirishda katta hissa qoʻshildi. Bu koʻrsatkich Fargʻona viloyatining qishloq xoʻjaligi sohasidagi samarali mehnatini yana bir bor isbotladi.
Sabzavot yetishtirishda esa Andijon viloyati yetakchi boʻldi. 2024-yil davomida mazkur viloyatda 1 million 833,7 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Bundan tashqari, Andijon viloyati meva va rezavorlar yetishtirish boʻyicha ham peshqadamlik qildi ' bu yerda 699,9 ming tonna meva va rezavorlar yigʻib olindi.
Kartoshka yetishtirish boʻyicha esa Samarqand viloyati boshqalardan ilgarilab ketdi. 2024-yilda viloyatda 747,6 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Shuningdek, Samarqand viloyatida 666,1 ming tonna uzum yetishtirilib, mazkur mahsulot boʻyicha ham yetakchi hudud sifatida qayd etildi.
Poliz ekinlari yetishtirishda Surxondaryo viloyati eng yuqori koʻrsatkichga erishdi. Viloyatda 351,5 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi. Bu koʻrsatkich mamlakat aholisini poliz mahsulotlari bilan taʼminlashda katta ahamiyat kasb etdi.
Qashqadaryo viloyati esa chorvachilik sohasida yetakchilik qildi. Bu yerda 345,9 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi. Shuningdek, viloyatda 5 million 109,7 ming bosh qoʻy va echki mavjud boʻlib, bu koʻrsatkich Qashqadaryoni mamlakatda qoʻy va echkilar soni boʻyicha yetakchi viloyatga aylantirdi.
Samarqand viloyati sut mahsulotlari ishlab chiqarishda ham yetakchi boʻldi. Viloyatda 1 million 456,0 ming tonna sut olindi. Bundan tashqari, Samarqandda yirik shoxli qoramollar soni ham eng koʻp ' 1 million 765,8 ming boshni tashkil etdi.
Toshkent viloyati tuxum yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turdi. 2024-yilda viloyatda 1 trillion 608,1 million dona tuxum olindi. Shuningdek, Toshkent viloyati otlar soni boʻyicha ham yetakchi hisoblanadi ' bu yerda 57 ming bosh ot mavjud.
Baliq ovlashda esa Xorazm viloyati boshqa hududlardan ilgarilab ketdi. Viloyatda 33 ming tonna baliq ovlandi, bu esa aholini baliq mahsulotlari bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, qishloq xoʻjaligi sohasidagi ushbu koʻrsatkichlar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda. Hududlar kesimidagi bu yetakchiliklar mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.
Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa
html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBaxshilar bahsihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end: IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni yakunlandi
Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni ham oʻz nihoyasiga yetdi. Ochilish marosimidan soʻng start olgan tanlov bahslarida mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Tanlov bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.Baxshilar va oqinlar milliy epik sanʼatining eng sara namunalarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.Kun davomida namoyish qilib borilgan tadbirlardan koʻrish mumkink
Soʻmning dollarga nisbatan qadri ketma-ket beshinchi kun ortdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,81 soʻmga tushdi va 12 646,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 8,99 soʻmga pasaydi va 14 461,34 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,35 soʻmga tushib, 160,88 soʻmni tashkil etdi.