calendar 26 Feb 17:05
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda davlat nazorati takomillashtiriladi

image
Oʻzbekiston Respublikasida alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilmoqda. 2025-yil 20-fevralda qabul qilingan 'Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun (OʻRQ-1034-son) ushbu sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi va 'Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Ularga asosan, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziyalash hamda xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi. Shu bilan birga, mazkur inspeksiya ushbu faoliyat turlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi sifatida belgilab qoʻyildi.

Qonunga asosan, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi qonunda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning ulgurji savdosi boʻyicha berilgan litsenziya uchun yillik davlat bojini toʻlash tartibi belgilandi. Unga koʻra, navbatdagi yillik toʻlov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin amalga oshirilishi shart. Agar belgilangan muddatda toʻlov toʻlanmasa, litsenziyaning amal qilishi vaqtincha toʻxtatib turiladi. Bu talab faoliyat yurituvchi korxonalarning moliyaviy intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Shuningdek, 'Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida'gi Qonunga ham qoʻshimchalar kiritildi. Endi pivo va pivo ichimliklarining ulgurji savdosi, shuningdek tamaki mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyat boshlash istagida boʻlgan tadbirkorlar vakolatli davlat organiga xabarnoma yuborishi lozim boʻladi. Bu talab bozorda shaffoflikni taʼminlash va nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etildi.

Ushbu qonun alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularning savdosi sohasidagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bozor ishtirokchilari uchun aniq va oshkora qoidalarni belgilash orqali faoliyat yuritish jarayonini tartibga solish maqsad qilingan. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirib, mazkur sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

15 Jun 10:46
 
24
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be

13 May 14:37
 
63
0
xs.uz

Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди

Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl