Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning barcha yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Suhbat avvalida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarlari keyingi yillarda koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Faol siyosiy muloqotlar, samarali parlamentlararo va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda.
2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, qoʻshma korxonalar soni 130 taga yetdi. Karachi va Toshkentda savdo uylari ochildi. Toshkent va Lahor oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar tiklandi.
Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, biznes forumlari va Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qabul qilingan 'yoʻl xaritasi' asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralar koʻrish muhimligi taʼkidlandi.
Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish, fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini oʻzaro soddalashtirish, standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilish, xaridlarda ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Yetakchi kompaniyalarning farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, geologiya va mineral resurslar, toʻqimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari koʻrib chiqildi.
Hududlar oʻrtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni ragʻbatlantirish maqsadida davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini oʻtkazishni taklif etdi.
Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish va tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalariga alohida toʻxtaldilar.
Keyingi bir necha yilda 'Oʻzbekiston ' Afgʻoniston ' Pokiston' multimodal yoʻlagi orqali yuk tashish hajmi 5 barobar koʻpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yuk aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalda ilgari surish maqsadida birgalikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim ekani taʼkidlandi.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini joriy yil iyul oyida Lahor shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.
Tomonlar madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Shu maʼnoda, oʻzaro Madaniyat haftaliklari va turizm dasturlari taqdimotlarini oʻtkazishga kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qoʻshilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, SHHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri terrorizm, radikalizm, islomofobiya va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidladilar.
Keng koʻlamli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini taʼsis etish va uning birinchi yigʻilishini kelgusi yilda oʻtkazishga kelishib olindi.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik.Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasi ogʻir judolikka uchradi. Taniqli fermer, 'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligining raisi, jamoat arbobi, Oʻzbekiston QahramoniAzim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda 74 yoshida vafot etdi.A.Latipov 1951-yil 5-iyunda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni, keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumini tugatgach,
Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad