calendar 26 Feb 17:04
eye 99
comments 0
comments Manba: xs.uz

Iymon — samimiyatda

image
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Tursunqul bobo Ergashev bir yuz beshinchi bahorni qarshi olayotgan, ikkinchi jahon urushining ishtirokchisi. Taʼlimda ellik yillik tajribaga ega. Yangi asr vabosi oʻgʻli va kampirini bagʻridan yulib, boboni anchagina choʻktirib qoʻydi.

' Ochigʻi, keksalar uchun oʻta tajovuzkor hisoblangan xastalik menga shafqat qiladi, deb oʻylamagandim, ' deydi qahramonimiz. ' Tuzalganim Yaratganning inoyati, mamlakatimizda bu balo-yu ofatga qarshi toʻgʻri belgilangan siyosatning samarasi deb bilaman.

Baqamti aytganda, har qanday dard oʻz tajovuzi bilan tashvishli. Oʻn toʻqqiz yoshimda urushga kirganimdagi tahlika bilan bu galgisini solishtirib boʻlmaydi. Shu sabab hayotimning davom etishi Ollohning bir marhamatigina emas, oʻtgan umr, ortda qolgan kunlarni tahlil qilish imkoniyati sifatida qabul qilaman. Ushbu tahlil deyarli bir asr xalqimiz boshdan kechirgan yaxshi-yomon kunlar, zavol topgan ming yillik qadriyatlar va bugun mujda tortib ulgurgan umid nihollari bilan bogʻliq. Tarix oʻqituvchisi sifatida xalqimizning sobiq tuzum mafkurasi asosida 'yaratilgan' tarixidan tashqari, haqiqiy kechilgan oʻtmishini ham bilaman.

Har yili 9-may bayrami arafasida televideniye va gazetadan suratkashlar kelishardi. Urushda olgan orden-medallarimizni koʻksimizga qadab, qoʻlimizga bir dasta gul tutib intervyu olishardi. Ich-ichimizdan ezilsak-da, shu yorugʻ kunlarga yetkazgani uchun alqardik. Yigirma yil shu taxlit bir xil ssenariyning ishtirokchisi boʻldik. Bayramni qimtinib bugunning siyosatiga toʻgʻri kelmaydigan ortiqcha harakat qilib qoʻymaylik deb oʻtkazardik.

Gap shundaki, mening yoshimdagilar iymon qaygʻusini qilishi tabiiy. Iymon ' samimiylikda, shukronada deyishadi. Bugun koʻksimga taqilgan har bir nishon ortida oʻzimning, olis janggohlardan qaytmagan tengqurlarimning xotirasi, qadri, eʼzozi oʻz ifodasini topgan.

Kuni kecha mamlakatimiz rahbari 'Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida'gi Farmonni imzolaganini eshitib, boshim osmonga yetdi.

Eʼtibor va ehtiromdan ruhlanib, beixtiyor koʻz oʻngimdan 80-yil ilgarigi mudhish kunlar oʻtdi. Odamning chivinchalik qadri boʻlmagan janglar, olis yurtlarda qolib ketgan tengqurlarim esga tushdi. Shunday kezlar tinchlik eng ulugʻ neʼmat, mustaqillik tengsiz baxtligini his etaman. Har kuni matbuot orqali dunyoda boʻlayotgan xunrezliklardan xabardor boʻlaman. Qanchadan-qancha odamning uyi kuyib ketyapti.

Urushni oʻn toʻqqiz yoshimda Ukraina tuprogʻida qarshi olganman. Hech qachon esimdan chiqmaydi. 1944-yil mina parchasi chap bilagimning yarmini yulib ketdi. Koʻp qon yoʻqotdim, jarroh va dala gospitali joylashgan qishloqning aholisi men uchun qon topshirib, oyoqqa turganimcha holimdan xabar olib turishdi.

Tarix istaymizmi, yoʻqmi doʻstlik, birodarlik, bagʻrikenglik, oʻzaro totuvlik va afsuski, urush, xunrezliklar, xiyonat hamda xoinlik asosida kechadi. Faoliyatim davomida yoshlarga saboq berarkanman, olis oʻlkalarga front orti yordamini joʻnatgan yurtdoshlarimiz jasorati, oʻzi toʻyib yemay, janggohlardagilar bilan bir tishlam nonini baham koʻrgan xalqimiz jasorati haqida koʻp bor hikoya qilganman. Jumladan, 14 nafar turli millat vakillaridan iborat goʻdaklarni oʻz bagʻriga olgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasini misol qilib keltirganman. Ular sharafiga poytaxtimizning qoq markazida tiklangan haykal va ushbu maydonning Xalqlar Doʻstligi, deb atalishi ezgulikka azaliy ehtirom timsolidir. Mamlakatimiz rahbarining mazkur haykalning oʻz oʻrniga qaytarish hamda Xalqlar Doʻstligi metro bekati, Sanʼat saroyiga oʻz dastlabki nomini tiklash toʻgʻrisidagi topshiriqlarini urush faxriylari adolatning tarixiy tantanasi, deya qabul qildi. Shu taxlit koʻksimizga orden va medallarimiz emas, erkimizni taqdik. Bular har qanday mafkuradan ancha baland. Odamiylik mafkurasi.

Shu oʻrinda, qoʻshni mamlakatlar bilan yoʻlga qoʻyilgan aloqalar, chegaralarning ochilishi, azaliy bordi-keldi, quda-andachilikning tiklanishi yoxud olis xorij investorlarining oqimining kun sayin oshayotganligi ham shu siyosat samarasi ekanligini taʼkidlamoqchiman. Bir paytlar biz hech kimdan kam emasmiz, degan shior boʻlardi. Binobarin hech kim bizdan ham kam emasligini unutmasligimiz lozim. Darvoqe, viloyatimizda soʻnggi yillarda xorijiy hamkorlar birgalikda qoʻshma korxonalar sonining bir necha baravarlarga oshganligi ana shu manfaatlarga hurmat samarasi emasmi?! Hurmat qilsang, izzat topasan, deb shuni aytishadi.

Bugun uyidan chiqqan odam toʻrt tarafdan xohlagan tomoniga yoʻl solsin, albatta, bunyodkorlikning ustidan chiqadi. Oʻz qishlogʻim Gʻozgʻon haqida gapiradigan boʻlsam, mamlakatimiz rahbarining 2018-yil 2-martidagi tashrifidan soʻng koʻz koʻrib, quloq eshitmagan yangilanishlar boʻldi. Qishlogʻimizga viloyatga boʻysunuvchi sanoat shahri maqomi berilib, toshga ishlov berishga ixtisoslashgan korxonalar qurilishiga 64ta investitsiya loyihasi jalb etildi. 14ta MCHJlar tomonidan birinchi bosqichda 52 million, ikkinchi bosqichda 145 million AQSH dollari miqdoridagi investitsion loyihalarni ishga tushirish natijasida 2700 kishining doimiy bandligi taʼminlandi. Gʻozgʻonda 7 ming nafar odam yashashini inobatga olsak, buncha joyga qayerdan ishchi toparkan, deb oʻylayman.

Koʻz ochgan zaminiga noshukr boʻlmagan bandasining oʻz mehri boʻladi. Albatta, bu insonning oʻz hayotidan roziligi tufayli yaraladi. Mamlakatimiz rahbari kambagʻallikni hisobga olish, uni tugatish gʻoyasini ilgari surishida ham mazkur hikmat mujassam, deb oʻylayman.

Hayot atalmish voqelikda abadiyat xususida soʻz borarkan, bashariyat taqdiri va taraqqiyotiga tajovuz etgan turli kulfatlardan xalos etish ham aynan, hazrati Inson zimmasidaki, har birida ishtirokchi kishi nomi ehtiromga daxldor. Gʻozgʻonning kun chiqish tarafida Tursunqul Ergashev yaratgan oʻn gektarlik bogʻ ana shunday munosabat, inson va tabiat uygʻunligining samarasi. Hayot shunday ezgulikdan mazmunli va mangulikka daxldor.

Mamlakatimizda 'Inson qadri uchun' tamoyilining asosiy yoʻnalishlardan biriga aylanib, tiriklikning ushbu estafetasi bugungi kun voqeligida keksa dillarning samimiy duosiga yoʻl ochmoqda. Sakson yil ilgari nadomat bilan ochilgan kiftlar bugun shukrona dillarning rizolik nafaslarini yuzga tortadi. Keksalarini eʼzozlagan yurtda duolar ijobat boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be

08 Jun 02:26
 
25
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik.Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasi ogʻir judolikka uchradi. Taniqli fermer, 'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligining raisi, jamoat arbobi, Oʻzbekiston QahramoniAzim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda 74 yoshida vafot etdi.A.Latipov 1951-yil 5-iyunda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni, keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumini tugatgach,

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad