Qashqadaryoda tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha seminar oʻtkazildi

Unda respublika, viloyat doirasidagi qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, mutaxassislar, viloyatdagi shahar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hududiy boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar qatnashchilari dastlab Qarshi shahridagi 'Abu Ubayda Al-Jarroh' ziyoratgohini ziyorat qilishdi. Keyingi manzil Koson tumanidagi Esaboy mahallasida boʻlib, bu yerda 'Bir mahalla ' bir mahsulot' tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ushbu mahalla ahli tomorqachilikda erishayotgan yutuqlari bilan nom qozongan. Ayniqsa, sabzi yetishtirishda ularning oldiga tushadigani yoʻq.
' Bugungi kunda mahallamizdagi 610 ta xonadonda 3975 nafar aholi istiqomat qilmoqda, ' deydi mahalla raisi Nurilla Odirov. ' Shu xonadonlarning umumiy hisobda 242 gektar tomorqa yerlari mavjud. Barcha oilalar tomorqasida birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda, asosan sabzi, sholgʻom yetishtirish bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, boshqa hududlardan ijaraga yer olib, katta maydonlarda sabzi yetishtiradigan dehqonlarimiz ham koʻp.
Aytish joiz,'mahallada boshqa hech qayerda muqobili uchramaydigan sabzi yuvish va qadoqlash sexi ham qurilib, ishga tushirilgan. Dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot shu yerda yuvilib, qadoqlanib, mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridagi bozorlarga yetkazib berilmoqda. Bu faoliyat ortidan yaxshi daromad olinadi.
Seminar ishtirokchilari mahalla ahlining sabzichilikda erishayotgan yutuqlari bilan tanishdi. Shuningdek, ularning eʼtiboriga tuyachilik, chorvachilik, baliqchilik va qishloq xoʻjaligi texnikalari koʻrgazmasi ham taqdim etildi.
Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi
Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg
“AGRO PRO EXPO-2025” koʻrgazmasi davom etmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Avval xabar berganimizdek, Jomboy tumanidagi 'SOF EXPO Samarkand' majmuasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining 'AGRO PRO EXPO-2025' xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.Koʻrgazma agrar sohadagi yetakchi ekspertlar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar ishtirokida eng soʻnggi yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish va qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish imkonin
Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi
Qarorga ko'ra, Milliy statistika qo'mitasi tuzilmasida 'Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish' ofisi tashkil etiladi.' Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:' ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;' mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko'rsatkichl