Koʻrgazma agrar sohadagi yetakchi ekspertlar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar ishtirokida eng soʻnggi yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish va qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish imkonini beradi.
Bu yilgi koʻrgazmada mutaxassislar tomonidan qishloq xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni jalb etish boʻyicha ishlanmalar, serhosil va kasallikka chidamli urugʻlar, muqobil energiya vositalari yordamida sugʻorish texnologiyalari, oʻrish-yigʻish, saralash va qadoqlash texnikalari, tomchilatib, yomgʻirlatib sugʻorish usullariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
' Biz ushbu koʻrgazmada ilk bor qatnashyapmiz va korxonamiz Xitoyning qishloq xoʻjaligi ekinlarini dronlar yordamida sugʻorishga ixtisoslashgan dunyodagi yetakchi 'Dji' kompaniyasining Buxoro viloyatida joylashgan vakili hisoblanadi, ' deydi 'Merganteks' klaster korxonasi direktori Nurali Oʻrinov. ' Ekologiyaga zararsiz boʻlgan dronlarning bittasi bir kunda 100 gektar maydonni granula va suyuq oʻgʻitlar bilan oziqlantirishi mumkin. Yaʼni sholi, paxta, makkajoʻxori, bugʻdoy, daraxtlar, har qanday qiyaliklardagi ekinlar, texnikada ishlov berish imkonsiz maydonlar, lalmi yerlarda ishlatiladi. Samarqand viloyatidagi klaster korxonalari bilan ham kelishuvlar tuzilib, 20 ta dron yetkazib berish boʻyicha buyurtma oldik. Bundan tashqari, korxonamiz tomonidan Xitoy texnologiyasiga asoslangan serhosil va unuvchanligi toʻliq va 70-90 sentnergacha hosil olish mumkin boʻlgan gʻoʻza urugʻlarini ham taklif etyapmiz. Yana hosildorligi 106 sentner bugʻdoy navlarini ham dehqonlarga taqdim qilyapmiz.
'AGRO PRO EXPO-2025' koʻrgazmasida oʻn turdan ortiq 85 dan ziyod texnika, 5 ta kombayn, 30 ta traktor, oʻgʻit, urugʻlar namoyish qilinmoqda. Asalarichilik, agroximiya, sugʻorish tizimlari, chorvachilik veterinariya preparatlari, invitro laboratoriyalar, issiqxona xoʻjaliklari, parrandachilik uskunalari va ozuqalari, quyosh panellari ham taqdim etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga
SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi
Samarqand davlat universiteti 2024-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib QS Stars reytingida 5 yulduzni qoʻlga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qoʻshilgan edi.Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi.2024-yilda ushbu reytin
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Oʻzbekistonda ekin maydonlarining noqonuniy yoqilishi sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatilmoqda
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 'Uzcosmos' Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi dalalarda somon yoqayotganlar kuzatilayotgani va ular javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.Unda aytilishicha, har yili Respublika hududidagi boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqib yuborish bilan bogʻliq minglab salbiy holatlar aniqlanmoqda. Bu esa min