Saudiya Arabistonida oʻtadigan Jahon chempionatida alkogol taqiqlandi, ammo LGBTQIA+ vakillariga ruxsat beriladi

Saudiya Arabistonining Jahon chempionati mezboni sifatida tanlanishi allaqachon koʻplab tortishuvlarga sabab boʻlgan edi. 2023-yil dekabr oyida FIFA rasmiy ravishda ushbu turnirni oʻtkazish huquqini Saudiya Arabistoniga bergan. Ammo inson huquqlari tashkilotlari, jumladan, 'Amnesty International' migrant ishchilarning ekspluatatsiya qilinishi, ularning hayotiga xavf tugʻilishi va sportchilar hamda muxlislar uchun qattiq cheklovlar oʻrnatilishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Saudiya Arabistonida LGBTQIA+ jamoasi vakillariga nisbatan diskriminatsiya ehtimoli ham katta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mamlakat qonunchiligiga koʻra, bir jinsli shaxslar oʻrtasidagi jinsiy munosabat oʻlim jazosi bilan jazolanishi mumkin. Shu sababli, elchidan Jahon chempionati davomida LGBT muxlislar Saudiya Arabistoniga kelishi mumkinmi, degan savol berilganda, u quyidagicha javob berdi: 'Bu faqat Saudiya Arabistonining musobaqasi emas, balki jahon darajasidagi turnirdir. Biz imkon qadar, kelishni istaganlarning barchasini kutib olishga tayyormiz'.
Saudiya Arabistonining ushbu qarori avval 2022-yilda Qatarda oʻtkazilgan Jahon chempionatida sodir boʻlgan holatni eslatmoqda. Oʻshanda FIFA stadionlarda pivo sotishga ruxsat bergan edi, lekin turnir boshlanishiga ikki kun qolganida, mahalliy qonunchilikka muvofiq ravishda bu qaror bekor qilingan. Natijada muxlislar faqat mehmonxonalar va maxsus fan-zonalarda alkogolli ichimliklar xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Bu esa pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga taxminan 40 million funt sterling miqdorida kompensatsiya toʻlash bilan yakunlangan edi.
Saudiya Arabistonining ushbu qatʼiy qarori chempionat davomida muhlislar va homiylar orasida qanday qabul qilinishi nomaʼlumligicha qolmoqda. FIFA esa hozircha bu borada muzokaralar olib borish rejalari yoʻqligini maʼlum qilgan.
Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c
Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Hozir
Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi
Avvalroq Toshkent shahridagi 'Jar' stadionida oʻtayotgan 'LikeCup' turnirida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida ommaviy janjal kelib chiqqani haqida'xabar berilgandi. Mazkur toʻpolonni sahnalashtirgan va jarayonni izdan chiqib ketishiga sababchi boʻlganlarning ishi sudda koʻrib chiqildi hamda tegishli jazo choralari qoʻllanildi.Poytaxt IIBB matbuot xizmatining'maʼlum qilishicha, voqea boʻyicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan pro
“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat