calendar 19 Feb 00:22
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonlik 2 sportchi 1,3 milliard soʻmdan ortiq pul ishlab oldi

image
Javohir Sindarov musobaqaga turnir startiga oz qolganda qoʻshildi. U oʻz ishtirokini afsonaviy hind shaxmatchisi Vishvanatan Anandning oʻrnini egallab boshladi. Sindarov ushbu turnirga saralash bosqichida ajoyib natija koʻrsatgani uchun Germaniyaga taklif qilindi. Qiziq tomoni, saralash finalida Sindarovni taslim etgan rossiyalik shaxmatchi Vladimir Fedoseyev turnirni oxirgi oʻrinda yakunladi.

Uchinchi oʻrin uchun kechgan bellashuvda Javohir Sindarov Norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bu bellashuvda Sindarovda charchoq alomatlari sezildi. Bir kun avval u yarim finalda Fabiano Karuanaga qarshi 7 partiya davom etgan, 6 soatdan ortiq vaqtni qamrab olgan bahsda ishtirok etgandi. Bu ogʻir oʻyin nafaqat Sindarovga, balki finalda oʻynagan Karuanaga ham taʼsir koʻrsatdi.

Nodirbek Abdusattorov esa 5-oʻrin uchun kurashda amerikalik Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berdi. Taҗribali Nakamura jahon reytingida uchinchi oʻrinni egallab turgan shaxmatchi sifatida musobaqada katta taassurot qoldirdi.

Shu tariqa, Javohir Sindarov 'Freestyle Chess Grand Slam' turnirini 4-oʻrin bilan yakunladi va 60 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotga ega boʻldi. Nodirbek Abdusattorov 40 ming AQSH dollar mukofot pulini qoʻlga kiritdi. Magnus Karlsen 3-oʻrinni egallab, 100 ming dollarga ega boʻldi.

Turnirning hal qiluvchi finalida Fabiano Karuana va Vinsent Keymer oʻzaro bellashdi. Karuana 20 yoshli germaniyalik shaxmatchi Keymerga 0,5:1,5 hisobida yutqazib qoʻydi. Natijada, Vinsent Keymer Germaniyada oʻtgan musobaqaning chempioniga aylanib, 200 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qoʻlga kiritdi. Karuana esa 140 ming dollar mukofot bilan kifoyalandi.

Bu musobaqa oʻzbek shaxmatchilari uchun muhim tajriba maktabi boʻlib xizmat qildi va ular oʻz mahoratlarini yanada oshirish imkoniga ega boʻldilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
11
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.

12 Apr 21:16
 
4
0
xs.uz

Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.

12 Apr 21:16
 
7
0
xs.uz

Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi

Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.

20 Mar 12:50
 
34
0
postda.uz

KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o