calendar 19 Feb 00:20
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tovoqsoyda mahkum vafoti: Ombudsman holatni nazoratga oldi

image
Bu haqda 'Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati ma'lum qildi.

To'plangan ma'lumotlarga ko'ra, 11-fevral kuni taxminan soat 16:10 da mahkum M.T. koloniya hududidagi eski oshxona binosida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Devorni buzish jarayonida ehtiyotsizlik sababli uning bir qismi mahkum ustiga qulagan, natijada og'ir tan jarohati olgan.

Koloniya shifokorlari mahkumga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatib, uni Bo'stonliq tuman tibbiyot birlashmasining 'Qo'shma jarohatlar va o'tkir qon-tomir kasalliklari' markaziga olib borishgan. Mahkumga ko'p sonli travma, bosh miya yopiq jarohati, ko'krak qafasi yopiq jarohati, travmatik shok III-bosqich, gemorragik shok III-bosqich, o'tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo'yilgan.

Shifoxonada mahkumga jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. Shifoxonada ko'rsatilgan muolajalarga qaramasdan mahkum 16-fevral kuni soat 17:00 da vafot etgan.

Ushbu holat Ombudsman Devoni xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.

Shuningdek, Ombudsmanning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a'zolari bilan uchrashib, ularga ta'ziya bildirdi. Marhumning otasi Bo'stonliq tuman tibbiyot birlashmasida 5 kun davomida o'g'lining yonida bo'lgan.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko'ra, mazkur holat bo'yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Xodimlar xatti-harakatiga baho berish bo'yicha xizmat tekshiruvi ham tayinlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yuborildi.

Ombudsman mazkur holatni har tomonlama, to'liq va xolisona o'rganish ta'minlanishini so'raydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
63
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga

18 Jun 21:55
 
6
0
xs.uz

Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q

13 Jun 00:38
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala