calendar 31 Jan 15:22
eye 133
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bugun “Manchester Siti” tarixidagi eng yomon kun boʻlishi mumkin, agar...

image
Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining soʻnggi 8-tur bahslari, bugun, 29-yanvar kuni, boshlanadi. Soʻnggi turdan oʻrin olgan barcha uchrashuvlar bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan 30-yanvarga oʻtar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

YECHLning 8-turiga kelib bir nechta yirik jamoalarning turnirni davom ettirishi soʻroq ostida qolmoqda. Bu ularning soʻnggi turgacha toʻplagan ochkolari bilan bogʻliq.

Jumladan, hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepadigan 'Manchester Siti' jamoasi 7 tur davomida bor yoʻgʻi 8 ochko toʻplagan holda 25-oʻrinni egallab turibdi. 'Shaharliklar' nimchorak finalga oʻtishi uchun bugun tunda Belgiyaning 'Bryugge' jamoasini taslim qilishlari kerak boʻladi. 'Man Siti' magʻlubiyatga uchrasa yoki durrang qayd etsa, YECHLning keyingi bosqichiga oʻta olmaydi. Bu esa klubning Chempionlar ligasi tarixida qayd etgan eng yomon natijasiga aylanadi.

Bundan tashqari, Fransiyaning 'PSJ' klubi ham turnirda qayd etayotgan natijasi bilan maqtana olmaydi. Jamoa ortda qolgan 7 turdan soʻng 10 ochko jamgʻarib turnir jadvalida 22-oʻrindan joy olgan. Parijliklar bugun tunda Germaniyaning 'Shtutgard' jamoasiga qarshi, mehmonda toʻp suradi. 'PSJ' magʻlubiyatga uchrasa turnirdagi ishtirokini shu yerdayoq yakunlaydi.

Turnirning shu bosqichiga kelib, 8 ta jamoa nimchorak masalasini hal qilishga ulgurgan. Angliyaning 'Liverpul' jamoasi 7 turdan keyin 100 foizlik natija koʻrsatgan holda turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi. Undan keyingi oʻrinlarda 'Barselona', 'Arsenal', 'Inter', 'Atletiko', 'Milan' hamda 'Bayer' jamoalari kuchli sakkizlikka yakun yasagan.

Bugun boʻlib oʻtishi belgilangan 8-tur bahslarida 'Manchester Siti' ' 'Bryugge', 'Yang Boyz' ' 'Srvena Zvezda', 'Sporting' ' 'Bolonya', 'Lill' ' 'Feyenoord', 'Dinamo Zagreb' ' 'Milan', 'Jirona' ' 'Arsenal', 'Yuventus' ' 'Benfika', 'Shtutgart' ' 'PSJ', 'Inter' ' 'Monako', 'Zalsburg' ' 'Atletiko Madrid', 'Bayer' ' 'Sparta Praga', 'PSV' ' 'Liverpul', 'Brest' ' 'Real Madrid', 'Barselona' ' 'Atalanta', 'Borussiya D' ' 'Shaxtyor Donesk', 'Shturm' ' 'RB Leypsig', 'Bavariya' ' 'Slovan Br', 'Aston Villa' ' 'Seltik' klublari keyingi bosqich masalasini hal qilish uchun saf tortishadi.

Maʼlumot uchun, Yevropa chempionlar ligasining yangi formatiga koʻra, eng koʻp ochko toʻplagan sakkizta jamoa nimchorak finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 9-24 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar pley-off oʻyinlari orqali nimchorak masalasini hal qilishadi. Eng kam ochko toʻplagan 12 ta jamoa esa turnir bilan xayrlashadi.

Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanovni Yevropa chempionlar ligasi oʻyinlarida koʻrishimiz 'shaharliklar'ning bugungi gʻalabasiga bogʻliq. UEFA qoidalariga koʻra, klubga yangi qoʻshilgan futbolchi faqatgina turnirning pley-off bosqichidagina jamoa qaydnomasiga kiritiladi. 'Man Siti' bugun magʻlubiyatga uchrasa yoki durrang qayd etsa Husanovni bunday yirik turnirda koʻrish imkoniyatimiz keyingi mavsumga qolib ketashi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
16
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

13 May 14:39
 
101
0
xs.uz

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?

Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi

04 Apr 16:20
 
75
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter