Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi

Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 barobarga koʻpayib, sohada band boʻlganlar 230 ming nafarni tashkil etmoqda. Ularning aksariyati mashhur sulola davomchilari boʻlib, sohaning qadimiy anʼanalarini zamonaviy uslublar bilan uygʻunlashtirgan holda rivojlanishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.
Amaliy sanʼat turlarini qayta tiklashga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida dastlab amalda boʻlgan 25 ta hunar turlari soni 34 taga, bugunga kelib esa 43 taga koʻpaydi.
Uyushma aʼzolari va kam taʼminlangan hamda ishsiz, shuningdek nogironligi boʻlgan jami 19,4 ming nafar fuqarolarga 18,3 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari koʻmagida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, gilamchilik va qoʻlda gazlama toʻqish yoʻnalishlari boʻyicha 2024-yilda jami 15 mln AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Hunarmandlarning xalq amaliy sanʼati milliy katalogiga faxriy va xalqaro koʻrgazma hamda tanlovlarda gʻolib boʻlgan 261 nafar hunarmandlar kiritildi. Shuningdek, 2,6 mingdan ortiq hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Aytish lozimki, mamlakatda Xalqaro hunarmandchilik festivallarini oʻtkazilishi hunarmandchilikni keng targʻib qilish, hunarmandchilik anʼana va maktablarini asrash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish, isteʼdodli hunarmandlarni ragʻbatlantirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Jahonda madaniyat va turizm sohasida mamlakat imijini oshirish, ijtimoiy, madaniy sohalarda xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida respublika hududida jami 15 ta xalqaro, 1 993 ta mahalliy tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, 2022-yilda Buxoro shahrida oʻtkazilgan Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalida 58 mamlakatdan 211 nafar xorijlik, 700 nafar mahalliy, 2023-yilda oʻtkazilgan II Xalqaro hunarmandchilik festivalida 70 davlatdan 260 nafar xorijlik, 950 nafar mahalliy, shu bilan birga, festival doirasida tashkil etilgan. Xalqaro kulolchilik forumida 30 ta mamlakatdan 80 nafar xorijlik, 140 nafar mahalliy hunarmand ishtirok etdi.
Bundan tashqari, oʻtgan uch yilda 21 ta xorijiy davlatda 37 ta festival, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etilib, unda 541 nafar hunarmand ishtiroki taʼminlandi.
Yana bir muhim yoʻnalishlardan biri xalq hunarmandchiligi va ijodiy anʼanalar keng rivojlangan shahar va tumanlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etilganligidir.
Bugunga kelib, respublikaning 14 ta hududida umumiy maydoni 58,3 gektarga teng jami 77 ta hunarmandchilik markazlari qurilib, ularda 4,7 ming nafar (shundan, 1,8 ming hunarmand, 2,8 ming shogird) hunarmand va ularning shogirdlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, jumladan ularga tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini tashkil etishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Sohada yaratilgan imtiyozlarni amalda tatbiq etib, xotin-qizlar hunarmandchiligini rivojlantirishga, ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, respublikaning chekka hududlarida 29 ta qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etilib, ularda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 306 nafar xotin-qiz usta-shogird anʼanasi asosida hunar oʻrgandi.
Shuningdek, 'Jazoni ijro etish muassasalari'da ham mahkumlarga usta-shogird anʼanalari asosida hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda, mazkur muassasalarda uyushma tomonidan 805 ta oʻquv kurslari tashkil etilib, unda 14,1 ming nafar mahkumga hunar oʻrgatildi hamda Uyushmaning maxsus sertifikatlari taqdim etildi.
2025-yilda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ishsiz ayollarning bandligini taʼminlash dasturiga asosan 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan respublika miqyosida 12 402 nafar hunarmandlarga 96 307 nafar xotin-qizlar hunar oʻrganishi uchun biriktiriladi.
Shuningdek, har bir tuman (shahar)da bittadan 'Hunarmandlar sanoat markazi' tashkil etiladi va ularda xotin-qizlarni hunarmandchilikka oʻrgatish orqali bandligi taʼminlanadi.
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be