Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir – Shavkat Mirziyoyev

Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.
Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.
Bagʻoyat ulugʻvor markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi meʼmoriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uygʻunligi unga alohida koʻrk va salobat bagʻishlagan. Majmuaning toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, oʻrtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Markazning eng asosiy qismida Qurʼoni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining maʼnaviy durdonasi ' qadimiy Usmon Musʼhafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, Oʻzbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski oʻzbek tilidagi tarjimalari qoʻyiladi. Jahondagi eng nodir qoʻlyozma Qurʼonlardan namunalar ham oʻrin oladi.
' Xalqimizning boy va betakror merosiga oid koʻp kitoblar, turli oʻlkalarga sochilib ketgan qoʻlyozmalar, noyob maʼlumotlar, sanʼat asarlari, afsuski, bizga nomaʼlum edi. Mana shu markaz sabab boʻlib tarixni oʻrganishda katta qadamlar qoʻydik, yangi manbalar yuzaga chiqdi. Endi bularning taʼsiri, natijasi qanday boʻladi? Ularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan, faol ilmiy isteʼmolga kiritish, aholimiz, yoshlarimizga tushunarli tilda yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targʻib qilish kerak. Bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarur, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majmuada 'Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar', 'Birinchi Renessans davri', 'Ikkinchi Renessans davri', 'Oʻzbekiston XX asrda', 'Yangi Oʻzbekiston ' yangi Renessans' kabi boʻlimlar tashkil etiladi. Prezidentimiz ularning ilmiy konsepsiyasi, yaratilgan sharoitlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Mazkur davrlar tarixi turli ashyolar, qoʻlyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Margʻinoniy, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida maʼlumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoʻja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom maʼrifatiga qoʻshgan hissasi atroflicha yoritilgan.
Ayni vaqtda majmuada Bibixonim, Xonzodabegim, Gavharshodbegim, Gulbadan, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin kabi tariximizda chuqur iz qoldirgan mashhur ayollarning ilm-maʼrifat homiysi sifatidagi faoliyati ham oʻz ifodasini topgan. Bu ekspozitsiya bugungi qizlar uchun ibrat namunasi boʻlib xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari markazning faoliyati va ahamiyati haqida toʻxtaldi.
' Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini ' aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir. Biz barpo etayotgan markazning bosh gʻoyasi, asosi ham shu. Eng muhim tomoni ' yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻliq bir necha ming yillik qadimiy oʻtmish bir joyda ' mana shu majmuada mujassam boʻladi. Markaz bilan tanishgan odam ana shu tarixni yaqqol koʻrib, islom dini, bu avvalo, tinchlik, taraqqiyot va bagʻrikenglik dini ekanini, oʻzbek xalqining dunyo tamadduniga qoʻshgan buyuk hissasini anglaydi, ' dedi Prezident.
Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, markazda ulugʻ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning oʻtkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi taʼkidlandi. Buning uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-maʼrifiy tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, birgalikda zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish kerak.
' Nasib etsa, bu majmua oʻzimizning meʼmoriy tajribamiz, Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-maʼnaviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi. Har bir boʻlimning mazmun-mohiyati ayni shu maqsadga qaratilishi lozim. Chet eldagi mashhur muzey va kutubxonalar, nufuzli mutaxassislar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani, kitoblar, maqolalar nashr etilayotgani eʼtiborga loyiq. Bu ishlar doimiy va ilmiy asosga ega boʻlishi uchun ishni rejali tashkil qilish kerak. Bosh maqsadimiz ' milliy oʻzligimizni anglash va anglatish, ' dedi davlatimiz rahbari.
Markaz tomonidan bir qator xalqaro ilmiy muassasa va tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO bilan yaqin hamkorlik oʻrnatildi. 2024-yil avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongress oʻtkazildi. Unda 35 ta davlatdan 200 ga yaqin xorijiy olimlar qatnashib, markaz boʻyicha qimmatli taklif va tavsiyalar bildirdi.
Qurilish ishlari va ekspozitsiya bilan tanishish jarayonida Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini tashkil etish, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkentning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot bilan ham tanishdi.
Bunday loyihalar koʻp joylarda boshlangan. Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida 7/24 tartibida ishlaydigan oʻnlab sayyohlik manzillari tashkil etilgan.
Toshkentning eski shahar hududi oʻziga xos tarixiy ahamiyatga ega. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy sayyohlar koʻp keladi. Shu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslashtirilmoqda. Jumladan, oʻtgan yili Chorsu bozori yonidagi Gulbozor mahallasida shunday koʻcha tashkil etilgandi. Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi ham obodonlashtirilmoqda.
Endi bularga uygʻun ravishda gastronomik va turizm koʻchalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 17 ta koʻcha va 32 ta berk koʻcha tanlab olingan. Ularda Eski shaharning oʻziga xos meʼmoriy qiyofasini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha infratuzilmalar yaratiladi.
Buning natijasida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 250 taga koʻpayadi, 1 ming 500 ta ish oʻrni ochiladi. Muhimi, kunlik sayyohlar soni hozirgi 4 mingtadan 11 mingtaga koʻpayishi kutilmoqda.
Mutasaddilarga tadbirkor va hunarmandlar uchun qulayliklarni koʻpaytirish, sayohatlarni mazmunli va qiziqarli tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
“Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
FVV muvofiqlashtirishida, 'Oʻzbekiston temir yoʻllari' AJ va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamkorligida 'Qamchiq' dovonida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, noqulay ob-havo sharoiti sabab dovonda qolib ketgan qariyb ming kishi mehmonxonaga joylashtirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.Xabaringiz bor, bugun, 7-mart kuni qalin qor yoqqanligi sababli 'Qamchiq' dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.FVV, YPX va 'Qamchiqavtoyoʻl'
Jarima ballari 12 dan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi qonun qabul qilindi. 2025-yil 20-fevralda imzolangan 'Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida'gi Qonuni (OʻRQ-1033-son) yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini tartibga so
Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4-yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi
Global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan 'Ookla' tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 'MWC Barcelona ' 2025' Jahon mobil kongressi doirasida 'Ookla' tashkiloti prezidenti va bosh direktori Stiven Be, Strategiya boʻyicha bosh direktor Chip Strenj hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo
Sergelidagi bogʻchada 2 yoshli bola kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklanishi va natijada uning oyogʻi sinishi haqidagi video keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, 22-yanvar kuni bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi Y.M. (1997-yilda tugʻilgan) xarxasha qilayotgan ikki yoshli S.A. ismli bolani tinchlantirish m