Shunday ekan, uy-joy yoki biror imorat qurishda ishni oldindan rejalashtirib, hujjat ishlariga ham toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmasdan, oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilgan yer uchastkalariga imorat qurish esa kelgusida turli muammolarga sabab boʻlishi, iqtisodiy zararga olib kelishi muqarrar.
Oʻtgan 2024-yilda Qashqadaryo viloyatida yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish va u joyda imoratlar qurish bilan bogʻliq 4803 ta holat aniqlangan. Oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarning umumiy maydoni esa 1564,8 gektarni tashkil etadi.
Bu haqda Qarshi shahridagi 'Jurnalistlar uyi'da Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtildi.
' Monitoring tadbirlarida aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish maqsadida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan fuqarolarga nisbatan yozma koʻrsatmalar yuborilib, tushuntirish ishlari olib borildi, ' deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sarvar Toʻrayev. ' Natijada 1772 ta holatda 930 gektardan oshiq yer uchastkalarida barpo etilgan noqonuniy qurilishishlar fuqarolar tomonidan joyida bartaraf etildi. Shuningdek, 658,8 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va yerni avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga 2 935 ta daʼvo arizalari kiritildi.
Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunining mazmun-mohiyati, ushbu qonun asosida viloyatda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari haqida keng maʼlumot berildi.
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be