calendar 27 Jan 00:54
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

image
Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.

Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.

'Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 'Pushpak Express' vagonlaridan birining ichida uchqun paydo boʻlgani sababli baʼzi yoʻlovchilar vahimaga tushishgan. Ular avariyaviy toʻxtash zanjirini tortib poyezdni toʻxtatishga uringan hamda relsga otilib chiqishgan. Afsuski, oʻsha paytda 'Karnataka Express' poyezdi qoʻshni yoʻl boʻylab oʻtayotgan boʻldi', ' deyiladi temiryoʻl maʼmuriyati bayonotida.

Hudud politsiyasi matbuot kotibining jurnalistlarga maʼlum qilishicha, voqea joyiga favqulodda qutqaruv poyezdi joʻnatildi. Fojia natijasida bir nechta fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

'Hindiston hukumatining temir yoʻl xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlariga qaramay, mamlakat temir yoʻllarida roʻy berayotgan baxtsiz hodisalar kamaymayapti. Har yili yuzlab odamlar poyezd urib ketishi natijasida vafot etadi', deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Hindistonning sharqiy qismida harakatlanayotgan ikkita yoʻlovchi poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida 280 dan ortiq odam vafot etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
201
0
xs.uz

Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti

Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishla

18 Jun 21:56
 
201
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar

08 Jun 02:27
 
41
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod