calendar 27 Jan 00:54
eye 106
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

image
Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.

'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan ayirishdi. Salkam bir yil deganda uyga qaytib keldim, qizim meni taniy olmadi. U boshqa ayolni oʻz onasi deb oʻylayapti', ' deydi jurnalist OAVga bergan intervyusida.

Shuningdek, 10 oylik qamoq davomida uning oldiga birorta ham tashrif buyuruvchilarga ruxsat berilmagan.

'Yonimga keluvchilarni qaytarib yuborishardi. Faqatgina bir marta 9 oylik qizimning suratini koʻrishga ruxsat berishdi. Yetti oydan soʻng birinchi marta qizimning rasmini koʻrib, hayratga tushdim', ' deydi u.

Rula Hassanein 'Al Jazeera' nashriga bergan intervyusida boshqa ayol mahbuslar bilan zich joylashgan kamerada saqlanganini, qamoqxonada insonning birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli sharoit yoʻqligini maʼlum qilgan.

'Eng oddiy huquqlarimiz ham poymol qilindi. Asosiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun ham sharoit yoʻq. Yetarli oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan taʼminlanmadik', ' deb qoʻshimcha qiladi jurnalist.

Eslatib oʻtamiz, 20-yanvar kuni Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida Isroil HAMAS tomonidan ozod qilingan uch kishi evaziga 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
28
0
xs.uz

Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon

04 Jun 02:45
 
111
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke

08 Jun 02:27
 
35
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan

08 Jun 02:27
 
24
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch