Qaror orqali ichki ishlar, bojxona va harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish va takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bu organlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolar 'Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida'gi qonunda belgilangan cheklovlar bilan yozma tarzda tanishtiriladi.
Faqat ushbu cheklovlarga rozi boʻlgan va vazirlikning maxsus talablariga javob beruvchi nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishi mumkin.
Bojxona xizmatida ishlash qoidalari ham yangilandi. Endi bojxona organlarida ishlashni istagan fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya qilishga majbur.
Cheklovlarni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan shaxslar bojxona xizmatiga qabul qilinmaydi. Bu tartib bojxona tizimida ishlash talablari va masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish qoidalariga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolar 'Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida'gi qonuni hamda harbiy xizmat shartlari bilan yozma tarzda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlarga rozi boʻlgan va maxsus talablarga javob beradigan shaxslargina kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
Ushbu oʻzgartirishlar xizmatga qabul qilish jarayonlarini mustahkamlash va talabgorlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan. Maxsus talablar va cheklovlar bilan tanishtirish jarayoni davlat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yangiliklar orqali fuqarolarning xizmatga qabul qilish jarayonidagi qonuniy huquqlari yanada kafolatlanadi.
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda