calendar 27 Jan 00:53
eye 109
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov

image
Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.

'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.

Bundan tashqari, partiya rahbarining fikricha, milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi.

Shuningdek, Qodirov, yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini ragʻbatlantirish taklifini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida 'yashil energetika' boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanayotgani aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n

18 Jun 21:55
 
76
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.Misr orqali:'Menaxem Begin'/'Taba' nazorat-oʻtkazish punkti (Ey

15 Jun 10:46
 
83
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq

18 Jun 21:55
 
77
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi