Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk WBO reytingida 14-pogʻonada joylashgan. Bu jang Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi. Madrimov uchun bu jangi nafaqat oʻzi uchun muhim bosqich, balki uning chempionlikka qaytish yoʻlidagi muhim qadam boʻlishi mumkin.
WBO reytingining yuqori uchtaligiga Ksander Zayas, Josh Kelli va Charlz Konvell kabi bokschilar kirgan. Shuningdek, reytingning kuchli oʻntaligiga Xesus Ramos, Freydis Roxas va Cherdal Buker kabi bokschilar ham kiritilgan. Isroil Madrimov esa oʻz kuchli oʻyinlari orqali chempionlikka yaqinlashish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin.
Isroil Madrimov professional ringdagi barqaror gʻalabalari va yuqori malakasi bilan muxlislar orasida katta hurmat qozongan. Uning kelajakdagi janglari nafaqat oʻzbek, balki jahon boks ishqibozlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib boriladi. Har ikki bokschi uchun ham 21-dekabr kuni oʻtkaziladigan jang ularning kelgusi karyerasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
WBO reytingi:
1. Ksander Zayas
2. Josh Kelli
3. Charlz Konvell
4. Takeshi Inoue
5. Xesus Ramos
6. Cherdal Buker
7. Xorxe Garsiya Peres
8. Freydis Roxas
9. Ardreal Xolms
10. Isroil Madrimov...
14. Sergey Bogachuk.
Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari-2025 mezbonligi Toshkentdan olib qoʻyildi
Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi III Osiyo oʻyinlari bekor qilinganini eʼlon qildi. Bu haqda Osiyo oʻyinlar Instagram kanalida xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, tadbir 2025-yilda Bahraynda oʻtkaziladi. Ijroiya kengashi oʻz qaroriga izoh bermagan. Bu qaror 2024-yil 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ijroiya qoʻmita yigʻilishida qabul qilingan.Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari mintaqa yoshlari oʻrtasidag
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining rahbarligiga saylov oʻtkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, Usmonovga 120 kishi ovoz berdi. Uning raqibi, Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg esa atigi 26 ta ovoz oldi.Eslatib oʻtamiz, Usmonov tashkilotni 2008-yildan 2022-yilgacha boshqargan. 2022-yil mart oyida u ixtiyoriy ravishda FIE prezidenti sifatidagi vakolatlarini toʻxtatib turishga qaror qildi.
Bahodir Jalolov, qaragʻaylar mamlakati va 2025-yil: bularni nima bogʻlab turibdi?
2025-yilning 6-fevral kuni Kanadadagi Monreal shahrida nufuzli professional boks oqshomi boʻlib oʻtadi. Mazkur kechada Oʻzbekistonning superogʻir vazn toifasidagi mashhur bokschisi Bahodir Jalolov ham oʻz navbatdagi jangini oʻtkazadi. Unga fransiyalik tajribali bokschi Devid Spilmont raqiblik qiladi.Bahodir Jalolovning jangini 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi rasman tasdiqladi. Oʻzbekistonlik bokschi bu jangda Artur Biyarslanov va Muhammad Mimun oʻrtasidagi markaziy jangning anderkard
Bugun “President Cup” yakuniga yetadi. Nodirbek Abdusattorov sovrindor boʻla oladimi?
Bugun Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida oʻtayotgan nufuzli 'President Cup' musobaqasi oʻz yakuniga yetadi. Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi.A guruhida soʻnggi tur oldidan hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin 7 ochko bilan yakka peshqadam sifatida turnir jadvalining birinchi pogʻonasini egallab turibdi. 8-turda u hamyurtimiz Javohir Sindarovni magʻlub etib, chempionlikka yaqinlashdi. Nihal Sarin uchun soʻnggi turdagi Nodirbek Abdus