calendar 02 Dec 16:40
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qaysi hudud xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha yetakchi?

image
2024-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 15 297 tani tashkil etgan. Bu haqida statistika agentligi xabar berdi.

Oʻtgan yilning shu davridan buyon xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2 278 taga koʻpaygan.

Bunday korxonalar soni boʻyicha eng yetakchi hudud Toshkent shahri boʻlib, 9 949 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

Keyingi oʻrinlarda quyidagi viloyatlar joy olgan:

Toshkent viloyati ' 1 755 ta;

Samarqand viloyati ' 597 ta;

Surxondaryo viloyati ' 471 ta;

Fargʻona viloyati ' 497 ta;

Andijon viloyati ' 326 ta;

Buxoro viloyati ' 350 ta;

Namangan viloyati ' 209 ta;

Navoiy viloyati ' 242 ta;

Qashqadaryo viloyati ' 151 ta;

Jizzax viloyati ' 205 ta;

Sirdaryo viloyati ' 227 ta;

Xorazm viloyati ' 142 ta;

Qoraqalpogʻiston R. ' 176 ta.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Dec 16:40
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi koʻtarildi, rubl yana pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,91 soʻmga oshdi va 12 848,38 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 42,17 soʻmga koʻtarilib, 13 512,64 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,19 tushib, 120,07 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:40
 
7
0
xs.uz

10 oyda oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan

2024-yilning dastlabki 10 oyida oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 19 ming 206 ta oʻrta tadbirkorlik subyekti tomonidan jami 20,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 352,7 milliard soʻm miqdoridagi soliqlar mamlakatdagi eng yirik 20 ta oʻrta tadbirkorlik subyektlari hissasiga

02 Dec 16:40
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,67 soʻmga tushib, 12 838,83 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 70,92 soʻmga pastlab, 13 489,22 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,71 oshib, 119,70 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:41
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonga davolanish uchun tashrif buyurganlar soni 80 foizga oshgan

Maʼlum boʻlishicha, davolanish uchun tashrif buyurganlarning katta qismi Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularning soni 69 ming 111 nafarni tashkil qildi. Qozogʻistondan kelganlar soni 10 ming 536 nafarga yetgan boʻlsa, Qirgʻiz Respublikasidan kelgan qoʻshnilarimiz soni 8 ming 464 nafarni tashkil etdi.Shuningdek, Rossiyadan 1606 nafar, Turkmanistondan 764 nafar va Afgʻonistondan 388 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan. Bundan tashqari, Turkiya va Ukrainadan tashriflar tegi