calendar 02 Dec 16:40
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Eng koʻp pensiya oluvchilar qaysi viloyatda istiqomat qilishadi?

image
Pensiya jamgʻarmasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, noyabr oyida jamgʻarmadan 4 million 76 ming pensiya oluvchiga jami 5 trillion 963 million soʻm toʻlangan. Shundan 4,7 trillion soʻmlik toʻlovlar plastik kartaga, 1,26 trillion soʻmi naqd shaklda toʻlab berilgan.

Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularga noyabrda toʻlangan mablagʻlar miqdori quyida keltirilgan:

Qoraqalpogʻistonda 218,7 ming kishi ' 314,5 milliard soʻm;

Andijon viloyatida 382 ming kishi ' 479,9 milliard soʻm;

Buxoro viloyatida 258,2 ming kishi ' 383,7 milliard soʻm;

Jizzax viloyatida 137,8 ming kishi ' 191,1 milliard soʻm;

Qashqadaryo viloyatida 364,6 ming kishi ' 522,7 milliard soʻm;

Navoiy viloyatida 137 ming kishi ' 257,1 milliard soʻm;

Namangan viloyatida 319,5 ming kishi ' 398,1 milliard soʻm;

Samarqand viloyatida 433,9 ming kishi ' 620,2 milliard soʻm;

Sirdaryo viloyatida 104,2 ming kishi ' 154 milliard soʻm;

Surxondaryo viloyatida 273,5 ming kishi ' 365,5 milliard soʻm;

Toshkent viloyatida 370,1 ming kishi ' 596,6 milliard soʻm;

Fargʻona viloyatida 481,7 ming kishi ' 627,9 milliard soʻm;

Xorazm viloyatida 224,8 ming kishi ' 308,9 milliard soʻm;

Toshkent shahri 370,6 ming kishi ' 742,5 milliard soʻm pensiya olgan.

Jadvalga koʻra, eng koʻp nafaqa oluvchilar Fargʻona viloyatida, eng kam pensionerlar esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilishadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Dec 16:40
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi koʻtarildi, rubl yana pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,91 soʻmga oshdi va 12 848,38 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 42,17 soʻmga koʻtarilib, 13 512,64 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,19 tushib, 120,07 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:40
 
7
0
xs.uz

10 oyda oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan

2024-yilning dastlabki 10 oyida oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 19 ming 206 ta oʻrta tadbirkorlik subyekti tomonidan jami 20,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 352,7 milliard soʻm miqdoridagi soliqlar mamlakatdagi eng yirik 20 ta oʻrta tadbirkorlik subyektlari hissasiga

02 Dec 16:40
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,67 soʻmga tushib, 12 838,83 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 70,92 soʻmga pastlab, 13 489,22 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,71 oshib, 119,70 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:41
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonga davolanish uchun tashrif buyurganlar soni 80 foizga oshgan

Maʼlum boʻlishicha, davolanish uchun tashrif buyurganlarning katta qismi Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularning soni 69 ming 111 nafarni tashkil qildi. Qozogʻistondan kelganlar soni 10 ming 536 nafarga yetgan boʻlsa, Qirgʻiz Respublikasidan kelgan qoʻshnilarimiz soni 8 ming 464 nafarni tashkil etdi.Shuningdek, Rossiyadan 1606 nafar, Turkmanistondan 764 nafar va Afgʻonistondan 388 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan. Bundan tashqari, Turkiya va Ukrainadan tashriflar tegi