Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish boʻyicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yoʻl qoʻygani hamda nazoratni taʼminlamagani uchun Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobod tumani hokimi O.Raxmonqulov, Boʻstonliq tumani hokimi J.Axmedov, Bekobod tumani hokimi Sh.Doʻsbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev, Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov, Bogʻdod tumani hokimi Gʻ.Soliyev, Beshariq tumani hokimi R.Joʻrayev, Soʻx tumani hokimi S.Saidmusayev, Furqat tumani hokimi E.Asronkulovga 'hayfsan' berildi.
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻygani uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri B.Juzbayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.Murodxoʻjayev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Sultanbekov, Andijon tumani hokimi B.Yuldashev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirovga 'hayfsan' eʼlon qilindi.
'Bundan tashqari, hududlarda aholiga koʻmir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz koʻmir tarqatish kabi holatlar juda koʻp kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun 'Oʻzbekkoʻmir' AJ bosh direktori oʻrinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi', deyiladi xabarda.
Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga koʻrsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora koʻrish hamda natijalari toʻgʻrisida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,05 soʻmga tushib, 12 852,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,38 soʻmga koʻtarilib, 13 569,14 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,26 oshib, 118,99 soʻmni tashkil qildi.
Poytaxtda jamoat transporti tunu kun ishlash rejimiga oʻtkazilishi mumkin
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan tungi iqtisodiyot boʻyicha Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya tajribasi va ushbu yoʻnalishni Oʻzbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari oʻrganilgan.Unga koʻra, 2023-yil holatida Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori ' 44 mlrd dollar, Bangkokda ' 10 mlrd dollar, Nyu Yorkda ' 35 mlrd dollar, Dubayda ' 29 mlrd dollar hamda Sidneyda ' 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan.'Toshkent shahrida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish u
Poytaxtda jamoat transporti tunu kun ishlash rejimiga oʻtkazilishi mumkin
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan tungi iqtisodiyot boʻyicha Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya tajribasi va ushbu yoʻnalishni Oʻzbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari oʻrganilgan.Unga koʻra, 2023-yil holatida Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori ' 44 mlrd dollar, Bangkokda ' 10 mlrd dollar, Nyu Yorkda ' 35 mlrd dollar, Dubayda ' 29 mlrd dollar hamda Sidneyda ' 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan.'Toshkent shahrida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish u
10 oyda oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan
2024-yilning dastlabki 10 oyida oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 19 ming 206 ta oʻrta tadbirkorlik subyekti tomonidan jami 20,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 352,7 milliard soʻm miqdoridagi soliqlar mamlakatdagi eng yirik 20 ta oʻrta tadbirkorlik subyektlari hissasiga