calendar 02 Dec 16:40
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qancha?

image
2024-yil 1-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 903 taga yetdi. Bu koʻrsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 136 taga oshgan. Ularning 534 tasi qoʻshma korxona boʻlsa, qolgan 1 369 tasi toʻliq xorijiy korxonalar hisoblanadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil yanvar-oktyabr oylari davomida Turkiya kapitali ishtirokida 317 ta yangi korxona tashkil etildi. Masalan, 2023-yilda bunday korxonalar soni 218 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda 288 ta, 2021-yilda esa 321 ta korxona tashkil etilgan. 2024-yildagi oʻsish turk biznesining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi ortganini koʻrsatmoqda.

Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekistonning turli iqtisodiy sohalarida faoliyat yuritmoqda. Ular asosan savdo, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoldir.

Bu korxonalar nafaqat investitsiya jalb etishda, balki yangi ish oʻrinlari yaratishda ham muhim rol oʻynamoqda. Turk kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Dec 16:40
 
7
0
xs.uz

10 oyda oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan

2024-yilning dastlabki 10 oyida oʻrta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 19 ming 206 ta oʻrta tadbirkorlik subyekti tomonidan jami 20,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 352,7 milliard soʻm miqdoridagi soliqlar mamlakatdagi eng yirik 20 ta oʻrta tadbirkorlik subyektlari hissasiga

02 Dec 16:40
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi koʻtarildi, rubl yana pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,91 soʻmga oshdi va 12 848,38 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 42,17 soʻmga koʻtarilib, 13 512,64 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,19 tushib, 120,07 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:40
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 16,67 soʻmga oshdi va 12 865,05 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 38,12 soʻmga koʻtarilib, 13 550,76 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 3,34 tushib, 116,73 soʻmni tashkil qildi.

02 Dec 16:40
 
11
0
xs.uz

Eng koʻp pensiya oluvchilar qaysi viloyatda istiqomat qilishadi?

Pensiya jamgʻarmasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, noyabr oyida jamgʻarmadan 4 million 76 ming pensiya oluvchiga jami 5 trillion 963 million soʻm toʻlangan. Shundan 4,7 trillion soʻmlik toʻlovlar plastik kartaga, 1,26 trillion soʻmi naqd shaklda toʻlab berilgan.Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularga noyabrda toʻlangan mablagʻlar miqdori quyida keltirilgan:Qoraqalpogʻistonda 218,7 ming kishi ' 314,5 milli