calendar 11 Nov 03:17
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kelajak bilan yuzma-yuz

image
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi 'Maʼrifat ulashib' loyihasi joylarda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida ezgulik va bunyodkorlik tuygʻularini uygʻotishda muhim omil boʻlmoqda. Koʻnglimizda ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Fargʻona viloyatidagi bir qancha oliy oʻquv yurtlarida muloqotlar oʻtkazishga musharraf boʻldik. Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etilganiga uch yil boʻlibdi. Ushbu dargoxda sifatli taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar xammaning havasini keltiradi. Bu yerda taʼlim olayotgan talabalar bevosita uchrashish, ular bilan bugungi davr talablariga munosabat bildirish hamda suxbatlashish dilimizni ravshan qildi, desak ishonavering. Oʻquv yurti hovlisiga qadam qoʻyganimizda 'Vatanim- faxrim, universitetim- gʻururim' degan yirik yozuvga koʻzimiz tushdi. Yoshlarga maʼrifat inson hayotida qanchalik muhimligini tushuntirish, Yangi Oʻzbekiston sharoitida hayotga yangicha qarash zarurati xaqida soʻz ketdi. Ehtimol, moddiy neʼmat hisobiga nimalargadir erishish mumkindir, lekin har qanday qudratli kuch oʻtgan vaqtni qaytara olmaydi. Shunday ekan, talabalik davrini hech narsa bilan baholanmaydigan vaktning qadriga yetish, uni maʼno va mazmun bilan boyitish lozimligi uqtirildi. Qiziq hol: talaba 'aʼlo' va 'yaxshi' baholarga oʻqishi mumkin, lekin ishlab chiqarishga borganda mustaqil ishlashda qiynalib qolyapti. Nega shunday boʻlmoqda? Maʼlum boʻlishicha, oliy oʻkuv yurtida asosan nazariy bilimlar bilan cheklanib qolishmoqda. Bunday vaziyatdan chiqish yoʻli bormi? Bor. Bugungi zamon 'Dual taʼlim'ni joriy etishni talab qilmoqda. Talaba boʻlajak mutaxassis. U oʻqish davrida amaliy mashgʻulotlarda tayyor mutaxassis darajasiga koʻtarilishi kerak. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murrabiysi, professor Bahodir Karimovning yoshlarga kitobga muhabbat ruhini singdiruvchi suhbati davra ahlida jonlanish hosil qildi. Ustozning har bir qalbda ishtiyoq uygʻotuvchi nutqi koʻplab talabalarda 'Yosh kitobxon' tanlovida qatnashish istagini uygʻotdi. Oʻzbekiston Prezidentining quyidagi soʻzlari suhbatimizga alohida mazmun baxsh etdi. 'Yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan birga doʻst boʻlishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.' Oliy oʻquv yurtidagi talabalarning qanchalik zamonga munosibligi bu yergacha maktabda qanday taʼlim olishiga bogʻlik, albatta. Shu maqsadda Fargʻona shahridagi 7-, 26-, 29-va 32-maktablarda boʻldik. Ushbu maktablarda keyingi yillarda anʼana boʻlgan musobaqa ' oliy taʼlimga qabul qilingan yoshlar foizi koʻrsatkichi tobora oshib bormoqda. Yaxshi bilim olish, Vatan va xalq kutgan insonlar boʻlib voyaga yetishish har bir yoshning dilida joʻsh urayotgan orzu ekan. Maktab binosining atrofida yaratilgan bogʻ, gulzorlar koʻngillarga orom baxsh etadi. ' Bu suhbatlardan yoshlarimiz juda yaxshi motivatsiya olishdi, -deydi 26-maktab direktori Abdumoʻmin Nabiyev. 'Sizlarning tashriflaringiz oʻquvchilarimizning bilim olishga ishtiyoqini har qachongidan oshirib yubordi. Shunday tadbirlar qancha koʻpaysa, juda yaxshi boʻlar edi. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutidagi uchrashuvlarimiz ham juda maroqli oʻtdi. Bu yerda talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun yuksak sharoitlar yaratilgan. Shu oʻquv yili boshida foydalanishga topshirilgan yangi bino chin maʼnoda Yangi Oʻzbekiston ramziga aylanibdi. Koʻrkam xonalar, yorugʻ koridorlar chinnidek ozoda. Biz bilan birga kelgan shoir Dilmurod Doʻst talabalar ruhiga mos sheʼrlarni oʻqiganda tinglovchilar yuz-koʻzlari tabassumdan yorishib ketdi. Mushoirani universitet talabalari davom ettirishdi. Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomli ijod maktabida boʻlganimizda chinakam ijod olamiga kirib kelgandek boʻldik. 'Maktabimizga xush kelibsiz!' degan lutfni yetti tilda izhor etishdi. Turli xonalardagi holatlarni bizga oʻqituvchilar emas, shu maktab oʻquvchi qizlaridan biri burro tilda gapirib berdi. Majlislar zalida bir guruh qizlar oʻzlari yozgan sheʼrlarni yoddan oʻqishdi. Odatda, maktablarga borganimizda oʻzimizning oʻquvchilik paytlarimiz, yaqin oʻtmish manzaralari yodimizga kelar edi. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida esa koʻz oʻngimizda kelajak namoyon boʻldi. Muloqotlar davomida yoshlar ruhida ajib oʻzgarishlar roʻy bergan boʻlishi mumkindir. Lekin bunday diydorlashuv xalq ichida yaqinlik tufayli bizning ham hayotga qarashlarimizni oʻzgartirib yubordi. Inson bu dunyoda yashashdan maqsad nima, degan savol oʻrtaga tashlandi. Hayot mobaynida oʻzgalarga yaxshilik qilish, yoshi ulugʻlarning duosini olish, umrdan iz qoldirish tabiat sarvari boʻlmish insonning matlabi ekanligi aytildi. Suhbatlar faqat bir tomonlama boʻlmadi. Uchrashuv qatnashchilari'yoshlar ham suhbatga faol koʻshildilar. Adabiy qahramonlar ibrati xaqida soʻz ketdi. Nodar Dumbadzening 'Abadiyat qonuni' romanidagi Bachana Ramishveli monologi esga olindi. Unda asar qahramoni shifoxona bosh shifokoriga shunday degan edi: 'Kasalxonangizda yotib men abadiyat qonunini kashf etdim. Insonning yuragi oʻzidan toʻrt barobar ogʻir ekan. Uni doim koʻtarib yurish uchun men sizni, siz yana kimni, u meni'xullas, hamma bir-birini qoʻllab-quvvatlab turishi kerak ekan. Abadiyat qonuni shu!'. Demak, talabalar ham bir-birlariga xayrixoh boʻlib, atrofdagilarga yaxshilik qilishi kerak, degan xulosaga kelindi. Har bir oliy oʻquv yurtida boʻlganimizda daraxt oʻtqazish marosimida qatnashdik. Bu bilan yurtimizda 'yashil makon' yaratish ishiga hissa qoʻshdik. Pirovardida bu daraxtlar yaxshi manzara va hosil berishi haqida istak bildirdik. Shuhrat Jabborov 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
26
0
xs.uz

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r

16 Apr 15:12
 
32
0
xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis

12 Apr 21:14
 
27
0
xs.uz

Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala

20 Mar 12:53
 
40
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh