Pekin Trampning Xitoy mahsulotlariga tariflar kiritgani, Xitoyning telekommunikatsiya giganti 'Huawei' kompaniyasiga qarshi kampaniya boshlaganini va birinchi marta Xitoyda aniqlangan 'COVID-19'ni keltirib chiqaradigan virusni tasvirlashda irqchilikka oid soʻzlardan foydalanganini unutgani yoʻq.
Prezident Jo Bayden boshchiligidagi soʻnggi toʻrt yil davomida aloqani barqarorlashtirish uchun haminqadar urinishlar kuzatildi. Ammo ikki davlatning bir-biridan xavotirlari mavjud boʻlib, Bayden Xitoyning texnologiya sanoatiga tariflar eʼlon qildi, AQSH rasmiy Pekin oʻziniki, deb daʼvo qiladigan Tayvanni qoʻllab-quvvatlashda davom etdi.
Shu bilan birga, xitoyliklar oʻzlarining iqtisodiy holatlarida sekinlashuv kuzatilgani va mulk bozori inqirozi sharoitida AQSHdagi saylov siyosatiga oldingi yillarga qaraganda katta qiziqish bildirgani yoʻq.
Oq uy uchun kurash davom etar ekan, Pekinning davlat axborot vositalari AQSHdagi ijtimoiy kelishmovchilik va qutblanishga eʼtibor qaratmoqda. Ulardan birida saylovdan keyingi zoʻravonliklar haqida xavotirlar bildiriladi. Yaqinda 'China Daily' davlat gazetasining karikaturasida 'Ozodlik haykali' 'siyosiy zoʻravonlik' deb yozilgan ajdahoning jagʻlarida ezilgani tasvirlangan.
'Amerika Qoʻshma Shtatlarida hayotning barcha qatlamlari juda asabiy va jamoatchilik fikrida ham notinchlik bor. Siyosiy qutblanish va jamoatchilik fikridagi boʻlinishlar kuchaygani sababli bu yilgi AQSH saylovlarida siyosiy zoʻravonlik ham kuchaydi', ' deyiladi 'Sinxua' davlat axborot agentligi eʼlon qilgan xabarda.
Harris ham Tramp ham Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida qizgʻin mavzulardan biri boʻlgan. Bayden iyul oyida poygadan chiqqanidan keyin demokratlardan nomzod boʻlgan Harris xitoyliklar uchun notanish boʻlib chiqdi. Shundan buyon Xitoy video ilovalarida vitse-prezident masxara qilinadi. Biroq Harrisning baʼzi nutqlari xitoyliklarda ijobiy taassurot qoldirgan. Misol uchun uning oʻrta sinfdan kelib chiqib yuqori darajagacha koʻtarilishi va Xitoydan farqli oʻlaroq koʻpgina siyosiy elita boʻgʻinlarida hukumatga yaqin oila vakillari oʻtirishi tilga olinadi.
'Odamlar bu ikki nomzodga nisbatan optimistik emas, chunki ularning qiyofasi va qobiliyatlarini oʻtmishdagilarniki bilan solishtirib boʻlmaydi. Bu Xitoy jamoatchiligining boʻlajak saylovga qiziqish darajasi avvalgilaridan pastroq ekanligining sabablaridan biri', ' deydi Shanxaydagi Fudan universitetidagi Amerika tadqiqotlari markazi direktori Vu Xinbo. Uning qoʻshimcha qilishicha, yuqorida aytilganidek, hech kim kim saylanishidan qatʼiy nazar munosabatlar yaxshilanishiga ishonmaydi.
Pekin saylov haqidagi har qanday fikrni bevosita izohlashdan ehtiyot boʻladi. Lekin Trampni munosabatlarga koʻproq noaniqlik va shu tariqa xavf tugʻdirayotganlikda koʻradi. Sobiq prezident Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 60 foizdan yuqori bojlar qoʻyish bilan tahdid qilgan va oʻzining beqaror tashqi siyosati bilan mashhur. Ammo Pekin AQSHning xorijdagi hamkorligini zaiflashtirsa, bundan foyda koʻrishi mumkin, deydi kuzatuvchilar. Bayden maʼmuriyati Trampnikiga oʻxshamaydi. U Xitoyga qarshi turish uchun Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilar bilan yaqinroq ishlashga intildi, Tramp esa AQSHning anʼanaviy ittifoqlarini bir necha bor shubha ostiga qoʻygan.
Shuningdek, Xitoy Tramp saylanadigan boʻlsa, Ukrainadagi urushni qanday toʻxtatishiga qiziqishini yashirmaydi. Pekin Trampning Vladimir Putin bilan aloqalarni tiklashidan xavotirlanishi mumkin. Chunki bu yakunda urushning tugashiga olib keladi. Undan soʻng AQSH eʼtiborini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratishi turgan gap. Xitoy esa buni istamaydi.
KENGURULAR YURTI POLITSIYASI
Kengurular yurti dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda huquq-tartibotni saqlash uchun politsiya xodimlari, sheriflar, sud ijrochilari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari mas’ul. Avstraliya politsiyasi 1979-yilda bir qator turdosh idoralarning birlashishi natijasida tashkil topgan. Mamlakatda politsiya ikki darajada ishlaydi: federal va shtat politsiyasi. Shunga ko‘ra, birinchisi federal qonunchilikka, ikkinchisi shtatlar va hududlarda tartib hamda qonunchili
“Xelen” va “Milton” toʻfonlaridan keyin Floridada bakteriyalar tarqaldi
AQSHning Florida shtatida halokatli 'Vibrio vulnificus' bakteriyasi bilan kasallanish holatlari keskin oshgani qayd etildi. Epidemiya 'Xelen' va 'Milton' toʻfonlaridan keyin tarqala boshladi. Kasallik 13 kishining hayotiga zomin boʻldi, deya xabar bermoqda shtat Sogʻliqni saqlash vazirligi.Floridada bakteriya bilan kasallanganlarning umumiy soni 74 kishini tashkil etdi. Immunitet tizimi zaif va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarda 'Vibrio vulnificus' isitma, titroq, past qon bosimi va
Pokistondagi vokzal yaqinida portlash: 20 dan ortiq odam halok boʻldi
Pokistonning Kvetta shahridagi vokzal yaqinida yuz bergan portlashda kamida 21 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi. Poyezd kelishidan oldin vokzal kassasida portlash sodir boʻlgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Kvettada favqulodda holat eʼlon qilindi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Asosiy versiyalar orasida terakt ham bor. Pokiston oʻzining dastlabki yillaridanoq turli siyosiy kuchlar hukumatlari t
AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi
Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m