Unda barcha raqiblarini yengib, hal qiluvchi bahsga qadar yetib kelgan Qarshi davlat universitetining 'Lochin' hamda Qarshi tumanining 'Beshkent' jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Shiddatli va keskin kurashlar ostida oʻtgan uchrashuvda Qarshi davlat universitetining 'Lochin' jamoasi 4-2 hisobida raqibini magʻlubiyatga uchratib, 'Viloyat kubogi-2024' musobaqasi gʻolibiga aylandi.
' 'Lochin' jamoasi tashkil etilganiga koʻp vaqt boʻlmadi. Ammo qoʻlga kiritgan yutuqlari koʻpchilikning havasini keltiradi, ' deydi universitet rektori Dilmurod Nabiyev. ' Ushbu muvaffaqiyat bizni yanada olgʻa intilishga undaydi. Jamoamizning kelajagiga ishonamiz va qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Futbolga muxlislikning maʼnosi ham shunda.
Maʼlumot uchun, 'Lochin' futbol jamoasi 2022-2023-yillarda ham viloyat kubogini qoʻlga kiritgandi.
Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioni boʻldi
Afroʻza Braziliyada boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval gʻalaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi. U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi v
Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi
“Oʻgʻirlangan Oltin toʻp mojarosi”: Rodri kutilganidek “odobli” boʻlib chiqmadi. Sportchi “Xayr, Vinisius” deb haqoratli qoʻshiqni aytgan (+video)
'Manchester Siti' yarim himoyachisi Rodri Vinisius Junior haqida qoʻshiq aytganini inkor qilmadi. U oʻsha nishonlashni shaxsiy yopiq bayram boʻlgani va bu normal narsa ekanini aytgan. Bu haqda 'Goal' yozmoqda.Qayd etish kerakki, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu qoʻshiqni aytganini inkor qilmagan va bu feyk emasligi suhbatdan ayon boʻladi. Shu tariqa hammaga 'odobli' boʻlib tanilgan Rodri hamkasbiga nisbatan haqoratli qoʻshiq kuylagani rost boʻlib chiqadi.Shuningdek, u 'Real Madrid' yuld
Messi yana bir rekordni yangiladi
Amerikaning 'Inter Mayami' klubi hujumchisi Lionel Messi klub rekordini oʻrnatdi. Bu haqda 'Mir 24' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, Amerika-Kanada MLS divizioni navbatdagi mavsumining soʻnggi uchrashuvida Argentina klubi 'Nyu-England Revolution'ni 6:2 hisobida magʻlub etdi. Messi jamoasi gollarining yarmini urdi va ushbu klubdagi oʻyinlari davomidagi gollari sonini 33 taga yetkazdi. Natijada u 32 ta gol urgan Leonardo Kampanani ortda qoldirib, 'Inter Mayami' tarixidagi eng yaxshi toʻpu