Kinolog yosh bolalar bor uylar uchun eng xavfli it zotlari haqida maʼlumot berdi
Floridalik Garret Ving huquq-tartibot idoralarida 18-yil davomida kinolog boʻlib ishlagan va keyinchalik itlarni xususiy ravishda oʻrgatishni boshlagan.
U Tibet mastifini bolalar uchun eng xavfli itlar roʻyxatida uchinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning fikricha, ularning boʻyi 65 santimetrdan, vazni esa 68 kilogrammgacha yetishi mumkin.
'Bunday it boʻrilar toʻdasi bilan kurashishga qodir. Sizningcha, kichkina bolalari boʻlgan uyda bunday narsa kerakmi? Aslo kerak emas', ' dedi Ving.
U Nemis dogi zotli itni bu roʻyxatda ikkinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning tushuntirishicha, bu itlar juda katta va vazni 90 kilogrammdan oshadi. Bu jonivorlar ajoyib uy hayvonlari boʻlishi mumkin boʻlsa-da, sizning kundalik tartibingizga juda koʻp oʻzgartirishlarni talab qiladi.
Uning ishonch bilan aytishicha, bunday itlar koʻp uylar uchun juda kattalik qiladi.
Ving Italiyaning Kane Korso zotini xavfli itlar roʻyxatida birinchi oʻringa qoʻydi. Uning soʻzlariga koʻra, vazni 50 kilogramm va boʻyi 70 santimetrdan oshadigan bu yirik hayvonni uyda saqlash juda xavflidir.
'Bu itlar 99,9 foiz odamlar uchun koʻp murakkablik tugʻdiradi. Biz buni nafaqat professionallar, balki Kane Korso egalari sifatida ham ayta olamiz. Ular haqiqiy tanklar va sizning hududingizga kerak emas', ' deydi Ving.
Yaponiya Bosh vaziri Si Szinpin bilan birinchi uchrashuvini oʻtkazadi
Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba noyabr oyi oʻrtalarida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan birinchi uchrashuvini oʻtkazadi. Bu haqda Yaponiyaning 'Iomiuri' gazetasi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Har ikki yetakchi 15-16-noyabr kunlari Peruda boʻlib oʻtadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida va 18-19-noyabr kunlari Braziliyada boʻladigan G20 sammitida ishtirok etadi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida ularning muloqoti ehtim
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi
Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1
Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?
Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati
Misr Gʻazoda 2 kunlik sulh oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqdi
Yakshanba kuni Qohirada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida As-Sisi 48 soatlik janglar va mahbuslar almashinuvi ortidan kelasi 10 kun ichida koʻproq muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi va muzokarachilar tinchlik kelishuviga erisha oladi degan umidda.HAMAS tomonidan 2023-yil 7oktyabr kuni Isroil hududidagi hujum paytida qoʻlga olingan 251 asirdan 97 nafari Gʻazoda saqlanmoqda, jumladan, Isroil harbiylari ularning 34 nafari halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Oʻtgan noyabr oyida bir hafta