Yaponiya Bosh vaziri Si Szinpin bilan birinchi uchrashuvini oʻtkazadi

Har ikki yetakchi 15-16-noyabr kunlari Peruda boʻlib oʻtadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida va 18-19-noyabr kunlari Braziliyada boʻladigan G20 sammitida ishtirok etadi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida ularning muloqoti ehtimoli kattaroq, deb hisoblanmoqda.
Bu oktyabr oyida Bosh vazir etib saylangan Sigeru Isiba va uning xitoylik hamkasbi oʻrtasidagi ilk uchrashuvdir.
Kutilganidek, Yaponiya Xitoy bilan 'strategik va oʻzaro manfaatli munosabatlar' yoʻnalishini tasdiqlash niyatida. Bundan tashqari, Yaponiya Xitoyga yapon dengiz mahsulotlari va baliqlarini olib kirishga qoʻyilgan cheklovlarni toʻliq olib tashlash, Tokioni xavotirga solayotgan Xitoy harbiy faolligi kabi masalalarni muhokama qilmoqchi.
Nashrning yozishicha, bu Sigeru Isiba Xitoy bilan konstruktiv va barqaror munosabatlar oʻrnatish va murakkab muammolarni muloqot orqali hal etish niyatini bildiradi.
“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi
Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrs
Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi
22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,
Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi
29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan
Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva