calendar 29 Oct 20:50
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi

image
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabbuslarning uzviy davomi, desak, mubolagʻa emas.

Mazkur haftalik mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosini ommalashtirish, Islom sivilizatsiyasi markazini taqdim etish va muzey zallari hamda kutubxonani yanada boyitish uchun hamkorlar topish, shuningdek, Imom Buxoriy majmuasidagi muzey loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.





8 kun davomida boʻlib oʻtayotgan haftalikda mahalliy va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar, tarixshunoslar, bir qator soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Tantanali ochilish marosimida yigʻilganlar eʼtiboriga avvalo Yangi Oʻzbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va taʼlim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va boshqalar mamlakatimiz madaniy merosini oʻrganish hamda saqlash borasidagi olib borilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy yuksalishi, ularning Vatanimiz tarixiga boʻlgan qiziqishini orttirishi, yurtimiz hamda Sharq xalqlari tarixini oʻrganishdagi muhim qadamligini taʼkidladi.





Ochilishdan soʻng anjumanning birinchi sessiyasi ish boshladi. Unda xorijlik bir guruh olimlar ' Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi bosh direktori oʻrinbosari Chingiz Tomar, Turkiya Qoʻlyozmalar instituti prezidenti Joshqun Yilmaz, Yaponiya Miho muzeyi maxsus ilmiy xodimi, fan doktori Sergey Laptev va boshqalar anjumanda koʻzda tutilgan mavzular boʻyicha maʼruza qildi. Shuningdek, mavzuga doir loyihalar bilan tanishuv hamda muhokamalar boʻlib oʻtdi.

' Mazkur haftalik joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida tashkil etilgan WOSCU VIII Xalqaro kongressining davomi sanaladi, ' dedi Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. ' Oʻtgan kongressda biz bir nechta memorandum imzolagan boʻlsak, bu galgisida 60 ga yaqin shartnomani imzolashni rejalashtirganmiz. Albatta, bu ishlar davlatimiz rahbarining madaniy merosni oʻrganish va saqlash boʻyicha qilayotgan saʼy-harakatlari hamda bu borada belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Haftalikdan koʻzlangan maqsad esa Yangi Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʻli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, xalqimizning boy madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda mahalliy olimlar va xalqaro ilmiy ekspertlar hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.

Qayd etish joizki, ushbu haftalik dasturi oʻzida qator tadbirlarni jamlagan boʻlib, ularda ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari dolzarb maʼruzalari bilan chiqish qilishi, turli mavzularda muloqotlar, davra suhbatlari, muhokamalar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Xususan, 'Islom ' insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va maʼrifatparvarlikka eltuvchi din' xalqaro ilmiy-madaniy simpoziumi, 'Maʼrifat nuri: XIX ' XX asrlar adabiy va ilmiy-madaniy islohotlari' mavzusidagi xalqaro konferensiya, 'Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari' sharqshunoslar xalqaro forumi, 'Birinchi renessans kashfiyotlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga taʼsiri' ellararo ilmiy yigʻini, 'Yangi Oʻzbekiston ' uchinchi Renessansning innovatsion kutubxonasi' mavzusidagi xalqaro anjuman hamda 'Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasidagi islohotlar' xalqaro forumi shular jumlasidan.

Shu bilan birga, haftalik davomida Toshkentda 8 ta ilmiy maydonda koʻrgazmalar bir vaqtning oʻzida ochiladi. Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyida 'Arxeologiya va etnografiya durdonalari', WOSCU konferens-zalida 'Qurʼon: tinchlik, ezgulik va maʼnaviy uygʻonish yogʻdusi', Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 'Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozma merosi', Islom sivilizatsiyasi markazida 'Tarixiy fikr durdonalari' koʻrgazmalari shular jumlasidandir. Shuningdek, Adiblar alleyasi boʻylab ekskursiya va Islom sivilizatsiyasi markazida loyihalar koʻrgazmasi tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Haftalik 27-oktyabr kuni oʻz ishini yakunlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
18
0
xs.uz

“Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”

Behbudiy millatning vijdoni. Vatan, el ozodligi uchun kurashgan. Buyuk muallim sifatida birinchi jadid maktabini ochgan. Birinchi milliy roʻznomani chop etgan. Teatr ibodatxonadir, degan daʼvat bilan birinchi sahna asari 'Padarkush'ni sahnalashtirgan. U hayot boʻlganida hozir 150 yoshga kirgan boʻlardi. Mahmudxoʻja siymosida millat uchun qaygʻurgan va qamalgan, mudhish qiynoqlarga solinib dahshatli oʻlimga mahkum etilgan maʼrifatparvar jadidlarimizning jonli timsolini koʻramiz. Behbudiy

27 Jan 00:55
 
18
0
xs.uz

Ey muhabbat, chindan sen sehrkorsan

24-dekabr ' Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, bolalar shoiri Poʻlat Moʻmin tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan shoirning bir turkum sheʼrlaridan eʼtiboringizga havola etamiz.KULDI XIYOL, INDAMADIEy goʻzal, noming na deb, berdim savol indamadi,Mahliyo etdi tamom oftobjamol, indamadi.'Bogʻida tanho oʻzi gulmi terar tong chogʻida?Guldayin kulgan chiroy boʻldimi lol, indamadi?'Bogʻini qilgan ekan sanʼatidan gulga makon,Kokilin asta silab oʻtsa shamol, indamadi.'Qoʻlida guldastasin me

27 Jan 00:55
 
22
0
xs.uz

Buxoro – 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan manzillardan biri. “The New York Times” joriy yilda borish uchun 52 ta maskanni tavsiya qildi

'The New York Times' 2025-yilda dunyoning tashrif buyurishga arziydigan eng diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan birini, Buxoroni ham kiritdi. Maqolada taʼkidlanishicha, Buxoro nafaqat qadimiy Ipak yoʻlidagi markaziy nuqta, balki oʻzining boy tarixi va madaniy merosi bilan zamonaviy dunyo diqqatini jalb qilayotgan shahar hisoblanadi.Buxoro tarixiy maskan sifatida asrlar davomida madaniyatlar chorrahasi boʻlib kelgan. U yerdagi koʻplab madrasa va masjid

02 Dec 16:41
 
12
0
xs.uz

Ellarni ellarga, dillarni dillarga bogʻlagan sheʼriyat bayrami

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda poytaxtimizda turkiy tilli mamlakatlar ijodkorlarini oʻzida jamlagan katta adabiyot bayrami ' 'XVI xalqaro turkiy sheʼriyat festivali' boʻlib oʻtmoqda.Tadbirda qardosh oʻlkalardan tashrif buyurgan 40 nafardan ortiq yozuvchi-shoirlar, TURKSOY Yozarlar birligiga aʼzo adabiy tashkilotlar vakillari, shuningdek, Toshkent shahri va viloyatlarda yashab, ijod qilayotgan bir guruh mezbon qalam sohiblari ishtirok etmoqda.Qayd etish joizki, mazkur xalq