calendar 09 Oct 12:40
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

image
21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.

Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi:

6) Isaak Lou (25-2-3, 8 KO) ' Li Makgregor (14-1-1, 11 KO)

5) Dennis Makkenn (16-0-1, 8 KO) ' Piter Makgreyl (10-1, 6 KO)

4) Jonni Fisher (12-0, 11 KO) ' Devid Allen (23-6-2, 18 KO)

3) Moses Itauma (10-0, 8 KO) ' Demsi Makkin (22-1, 14 KO)

2) Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) ' Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO)

1) Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) ' Oleksandr Usik (22-0, 14 KO).



Hamyurtimiz oʻzining soʻnggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4-avgust kuni Los-Anjelesda oʻtkazgan va raqibiga 115-113, 115-113, 116-112 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Shuningdek, ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa oʻzining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergandi.

Avvalroq, ilk bor respublikamizning 3 ta oliy taʼlim muassasasi 'THE'ning roʻyxatidan joy olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
19
0
xs.uz

FIFA reytingi yangilandi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi sentyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berilgan.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻtgan oydagi oʻrnidan 1 pogʻona yuqorilab, 60-oʻrindan joy oldi.Terma jamoamiz hisobida 1413,06 ochko bor va Osiyoning umumiy reytingdagi 8-jamoasi boʻlib turibdi. Osiyo davlatlari orasida Yaponiya 16-oʻrin, Eron 19-oʻrin va Janubiy Koreya 23-oʻrinni qayd etib kuchli uchlikni tashkil

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi ' 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Xorazmda umumtaʼlim maktablariga shaxmat taxtalari topshirildi

Odilbek Odamboyev/'Xalq soʻzi'. Yaqinda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida 3-oʻrinni egalladi. Bu yurtimizda sportning shaxmat turiga, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor natijasidir. 'Aql gimnastikasi' deb taʼrif beriladigan ushbu sport turini rivojlantirish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Viloyatda mamlakatimiz Prezident